Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Algoritmning berilish usullari va ularga oid misollar
Algoritmning turlariga oid misollar
Murakkab turdagi algoritmlar va ularning qo`llanilishi
Dasturlash tillari va ularning kelib chiqish tarixi.
Dasturlash tililarining turalri va bir biridan farqi
Pascal dasturlash tilining kelib chiqishi va qo`llanishi.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”6 degan so‘zlari biz, murabbiylarning o‘z faoliyatimizga tanqidiy ko‘z bilan qarashimizni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi VMning 2015 yil 20 avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-sonli Qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida pedagogik faoliyatni tashkil etish hamda o‘tkazishning maqsadi, vazifalari va shakli asosida 2017 yilning 1 martidan 28 aprelgacha mashg‘ulotlarda qatnashdik. Bu farmonning asl maqsadi prezidentimizning ta’lim sohasi xodimlariga yuqorida keltirgan fikrlarining davomi sanaladi. Zamon shunchalik tezlashib, texnologiyalar, innovatsiyalarga g‘arq bo‘lib ketdiki, kimki bu global masalaga yondasha olmasa, uni hayot o‘z to‘linlari bilan zarbaga yo‘liqtiradi.
Farmon oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy va pedagogik darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish; yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalarini, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini ta’minlash; oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining, shu jumladan global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish; oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasbiy mahoratini, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borish uchun keng foydalanish7 vazifalari qo‘yilgan. Bu talab va vazifalarni to‘g‘ri anglagan holda ikki oylik o‘qish davrida nazariy bilimlarimizni pedagogik amaliyotda sinovdan o‘tkazib bu ishlarning natijasi o‘laroq ushbu bitiruv loyiha ishini yaratdik. Ishda kursning nazariy va amaliy yakun sifatida tajribamizda sinovdan o‘tgan o‘qitishning zamonaviy tizimi yuzasidan olib borgan faoliyatimiz tavsiyalari sifatida quyidagi xulosalarni keltiramiz:
1. Malaka oshirish kursining maqsadi o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borish ishlari o‘z maqsadiga o‘tkazilgan modullar asosida to‘la erishdi, deb baholayman.
2. Bitiruv ishi orqali nazariy ta’limni amaliy jarayonlarini fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish vazifasini oldga qo‘ygan edik, ishning bayon qismida bunga erisha oldik, deb hisoblayman.
3. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda pedagogik texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.
4. Bugungi kunda mamlakatimizda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga doir katta tajriba to‘plangan bo‘lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda, bizning ishimiz ham shu sohada olib borilgan ishlarni boyitishga yordam beradi, deb ishonch bildiramiz.
5. Bitiruv ishida tavsiya qilingan xulosalar ta’lim va tarbiya jarayonida pedagoglar tomonidan interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadli, samarali qo‘llanilishi ta’lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
6. Bitiruv ishining tavsiyalari o‘quv-bilish faolligini oshirish, talabalarni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul echimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb eta oldi.
7. Bitiruv ishini tugatgach zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblangan fikrga to‘la iqror bo‘ldik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi: XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. - T.: O‘zbekiston. 1999. 37-40 b.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: «Sharq» nashriyot-matbaa konserni. 1997. 22-32 b.
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, 1997. 31-61 b.
A.A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiev. Axborot texnologiyalari - T.: O‘zbekiston, 2002 y.
A.A.Abduqodirov, A.G‘.Hayitov. Axborot texnologiyasiga oid atamalarning izohli lug‘ati.- T.: TDPU, 2002. 26 b.
A.A.Abduqodirov, A.G‘.Hayitov, R.Shodiev. Axborot texnologiyalari: Akad. lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.- T.: “O‘qituvchi”, 2002. 148
Ш.С.Аҳраров. Педагогические основй формирования информатсионной и учебное технические култур будушиҳ учителей в системе педагогического образования // Т 1994 й 39 б
M.Aripov va boshqalar «Informatika, informasion texnologiyalar» (Bakalavr uchun o‘quv qo‘llanma ) -T., TDTU. 1-2 qism. 2003 y
M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma- T.: «Noshir», 2009.-368 b.
M.Aripov va boshqalar. Informatika va informasion texnologiyalar. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik -T. 2005 y.
M.M.Aripov, J.O‘.Muhammadiev. Informatika, informasion texnologiyalar: OO‘Yu talabalari uchun darslik.-T.: Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining bosmaxonasi, 2004.-276 b.
M.U.Ashurov, N.D.Mirzaahmedova. Turbo pascal dasturlash tili. -T-2012 y. 6 b.
T.R.Azlarov Informatika hisoblash texxnikasi asoslari kursida murakkab masalalarni yechish. Temir yo‘lchi. –T.: 1996 y. 20 bet.
U.Sh.Begimqulov, N.I.Taylaqov. Ta’limga zamonaviy axborot tehnologiyalarini joriy etishning istiqbolli yo‘nalishlari. Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy muammolari.Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi materiallari. -Samarqand. 2008 yil 27-28 iyun.
R.R.Boqiev, N.Kayumova. Axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi. -T. TDPU. 2006 y.