Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə7/35
tarix24.05.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#59234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Мамарузиева Хилола

Bumerang texnologiyasi. Bumerang uslubi bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmunga(muammoli, munozarali va hokazo) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Skarabey texnologiyasi. Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu texnologiya talabalarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. Skarabey texnologiyasi talabalar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Tarozi texnologiyasi. Tarozi texnologiyasi munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘rganishda qo‘llash mumkin. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizasiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi.
Yelpig‘ich texnologiyasi. Yelpig‘ich texnologiyasi murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar muammoli turidagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha biryo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Yelpig‘ich texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin