*zbekiston respublikasi


 Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/47
tarix14.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#97782
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
zbekiston respublikasi

3. Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari 
Psixologiya fanida xulq-atvor va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan 
mayllar orasida muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka (ko’rsatma berish, 
yo’l-yo’riq ko’rsatish) muammosi shisoblanadi. Ushbu umumiy psixologik masala 
gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning shogirdlari tomonidan keng ko’lamda 
o’rganilgandir. 
Ustanovka inglizcha set deyiladi, o’zbek tilida esa ko’rsatma berish, 
anglanilmagan mayllar, yo’l-yo’riq ko’rsatish ma'nosida qo’llanilib kelinadi. Lekin
keyingi atamalar uning shaqiqiy moshiyatini, ma'nosini o’zida mukammal aks 
ettirmaydi, shuning uchun terminni shech o’zgarishsiz qoldirsa ham bo’ladi. 
Odatda ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
eshtiyojni ma'lum uslubda qondirishga ruhiy jishatdan tayyor turishlik tushuniladi. 
Ustanovka shaxsning o’zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. 
Bunday holatda shaxs biron bir eshtiyojni qondirish mumkin bo’lgan ma'lum 
faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi va uning 
qonuniyatlari eksperimental tarzda ta'kidlab o’tilgan ilmiy maktab namoyandalari 
tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada sinaluvchiga ikkita, bittasi katta
ikkinchisi esa kichikroq soqqachani uzluksiz ravishda bir nechta (10-15) marta 


ko’zi yumuq holda paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning 
navbatdagi bosqichida soqqachalar almashtirilib, baravar jismlar har xil tuyuladi, 
ya'ni sinaluvchida illyuziya (noto’g’ri aks ettirish) holati yuzaga keladi. Bunday 
psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, ob'ektiv jishatdan 
o’zaro teng soqqachalar taqqoslanganligida ular bir biriga teng emas, degan mayl 
bilan favqulodda sub'ektiv haroitda ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib 
tushuntirilganda, taqqoslash jarayoni ustanovka (ko’rsatma berish, yo’l-yo’riq 
ko’rsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday oqibatga olib kelgandir.
D.N.Uznadzening 
ta'kidlashicha, 
insonda 
ustanovka 
bilan 
bog’liq 
psixofiziologik holat markaziy nerv sistemasigina emas, balki uning periferik 
qismi faoliyatini ham mashsuli bo’lib shisoblanadi. D.N.Uznadzening tajribalarida 
sinaluvchining o’ng qo’liga navbat bilan avval katta, keyin kichik soqqachalar 
berib turiladi va bu vaziyat 10-15 marta takrorlanadi. Tajribaning oxirgi bosqichida 
sinaluvchining chap qo’liga bir-biriga teng soqqalar beriladi. Buning natijasida 
uning chap qo’lida ham ilyuziya, ya'ni noto’g’ri idrok qilish vujudga keladi. Ko’z 
bilan idrok qilishda ikkita o’zaro teng ob'ektlarni qayd qilishdagi ustanovka o’ng 
ko’zga ham o’z ta'sirini o’tkazgan. Eksperimental tarzda o’rganilgan ustanovkali 
vaziyatlarni takrorlash evaziga insoning o’ziga sezilmagan holda muayyan 
ob'ektlarda sub'ektga taalluqli "fiksal ustanovkalar" (qayd etilgan ustanovkalar) 
vujudga kelganligi aniqlangan. Demak, ustanovkani eksperimental tadqiqot etish 
natijasida anglanilmagan mayllar asta-sekin qayd qilinuvchi (fiksasion) darajasiga 
o’sib o’tish mumkin. 
Ijtimoiy 
turmushda 
D.N.Uznadzening 
natijalariga 
o’xshash qator 
ma'lumotlar shaxsda mustaxkamlanib qolganligi tufayli ustanovka funksiyalarini 
bajarib kelmoqda: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilarining oldida turgan ustanovkalar 
xuddi shunday toifaga kirganligi sababli o’qituvchining barcha topshiriqlarini 
darshol bajarishga tayyor turadilar; 2) shisobchilarga nisbatan qo’rs, rasmiyatchi 
deyishlik; 3) olimlarga nisbatan parishonxotirlik; 4) savdo xodimlariga nisbatan 
uddaburonlik, daromat qilishga ustasi faranglik; 5) bolaning shaqgo’yligi, sir 
tutmasligi; 6) qariyaning so’zi tugaguncha-o’salning joni uzilishi to’g’risidagi fikr 
mulohazalar ustanovkaga yaqqol misol bo’la oladi.
Shuningdek, ba'zi jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish, 
ularga ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, 
etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Davolovchi shifokorning 
ustanovkalariga bemorning rioya qilishi irqchilik munosabatlari, ilmiy unvonli 
ziyolilarga berilgan super (orttirma) basholar va boshqalar ustanovkaning 
anglanilmagan shaklini o’zida mujassamlashtiradi. Shuni ta'kidlash joizki, ba'zi 
shollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o’z pozisiyasini aniq namoyish 
qilishda e'tiqot sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. 
Gruzin 
psixologlari 
tomonidan 
ustanovkaning 
turlicha 
xislatlari 
(qo’zg’aluvchanlik,dinamiklik, statiklik, plastiklik-dag’allik, labillik-stabillik, 
irradiasiya-generalizasiya) va tiplari (diffuz, differiansiallashgan, fiksasiyalashgan) 
aniqlangan. Ularning fikricha, ustanovkaning ba'zi bir xislatlari mutanosibligi 
uning har xil tiplarining vujudga keltiradi. Psixoz va nevrozlar ustanovkaning 
patologik o’zgarishlarida o’z ifodasini topadi. Shuningdek, ustanovka inson 


shukmronligini va qudratini tashkillatirishning yuksak darajasi sanaladi. U xulq- 
atvorining 
batartibligi 
va 
izchilligining 
asosi 
shisoblanadi.Ularning 
mulohazalaricha, ustanovka insoning muayyan shaklda munosabat bildirishga 
yuksak yo’sinda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaksiyaning yaqqol 
natijasining kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaksiya vaqtini 
oldindan payqash, qolaversa yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabshasi 
shisoblanadi. Shuning uchun ustanovka o’zgaruvchanlik va barqarorlik jips 
birligini aniqlashga xizmat qiladi. U o’zining o’zgaruvchanlik bilan munosabat 
bildirishi javob qaytarishning barqarorligini ta'milaydi. 
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko’rinishga ega bo’ladi. 
Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a'zolarini ishontirish (ularga ta'sir 
o’tkazish) orqali muayyan yo’nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni 
vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir ishonish va ishontirish 
odamlarning xarakter xislatiga, xulq-atvoriga bevosita bog’liq. Bu holat 
psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan. Masalan, sinaluvchilarga 
ma'lum vaqt oralig’ida soatiga qaramay, sekundlarini o’z ichida sanash orqali bir 
minutning cho’zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lganlar. Keyinchalik bu 
sanash signal berish bilan tekshirilib turilgan, ba'zan "yolg’on" signallar, ya'ni 
lampochka yonish bilan tajriba bo’linishga yo’l qo’yilgan. qatnashchilarda 
eksperimentatorga ishonch bo’lganligi sababli xatolarga yo’l qo’yishgan.
Ishonuvchanlikni aniqlashda "konformizm" (kelishuv, murosa-yu, madora) 
dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm),ichdan 
kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik moshiyatini o’rganish 
uchun ob'ekt sifatida foydalanishgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berish 
konformizmning namoyon bo’lishidir. Lekin konformizm "soxtalik"ni ham keltirib 
chiqarish mumkin, uning aks ettiruvchisi esa konformist deb ataladi, ko’pincha 
ideallardan voz kechish shollari ham uchrab turadi. 
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi. 
Shali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan eshtiyojdan tashkil 
topgan xulq-atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi. 
Moyillik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan ob'ektida uni nima 
qiziqtirayotgani va qaysi alomat o’ziga tortayotgani sababi noaniqligi. Faoliyat 
maqsadi sub'ektiga noma'lumligi tufayli mayl shukm suradi. Bunday psixik holat 
insonlarda tez-tez uchrab tursa-da, lekin o’zining tezkor o’tkinchligi bilan boshqa 
voqealardan 
ajralib 
turadi. 
Odatda 
ushbu 
moshiyatli 
psixik 
holatni 
harakatlantiruvchi eshtiyoj so’nishi yoki tilakka aylantirish mumkin. Binobarin, u 
xoshish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylantirish tufayli shaxs tomonidan 
anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud bo’lishi ularning 
yaqin va uzoq kelajakka intilishlardan dalolat beradi. 
Z.Freyd mayllarga nisbatan o’ziga xos nazariya yaratgan bo’lib,u aksariyat 
holatda jinsiy (instinktiv) mayllar to’g’risida mulohaza yuritadi (libido-jinsiy 
mayl), "edip kompleks" ("Shosh Edip" asari bo’yicha), "psixoanaliz" atamalari 
orqali qo’rqish, shimoya, begonalashish singari instinktiv moyillikni talqin qiladi. 
Shuni ta'kidlab o’tish o’rinlik, har qanday anglanilmagan mayllar o’zidan 
o’zi yo’qolib ketmaydi, balki ular bir bosqichdan, ko’rinishdan ikkinchi turga, 


shakllarga almashadi, mutlaqo boshqacha yangi sifatga ega bo’ladi. Ular 
maqsadga, talabga o’sib o’tishi bilan anglanilganlik darajasiga erishadi. Ko’ngil 
g’ashlik, ruhan bezovtalanish, noma'um xatti-harakatlar sababi insonga noma'lum 
bo’lsa, ular anglanilmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini 
bajaradi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin