*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/47
tarix14.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#97782
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
zbekiston respublikasi

5.5. Motiv klassifikasiyasi 
Jahon psixologiyasi fanining nazariy mushoshadalariga va o’zimizning 
shaxsiy ma'lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni 
lozim topdik. 
I. Shaxsning ijtimoiy eshtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning moshiyati 
mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar: 
1) 
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oyaviy motivlar; 
2) 
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy 
pozisiyani ifodalovchi siyosiy motivlar: 
3) 
jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik 
xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; 
4) 
borliq go’zalligiga nisbatan eshtiyojlarda in'ikos etuvchi nafosat (estetik) 
motivlari.
II. Vujudga kelishi, hartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega 
bo’lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: 
1) 
keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); 
2) 
guruhiy, jamoaviy, shududiy, umumbahariy motivlar; 
3) 
faoliyat tuzilishi, moshiyati va tuzimiga yo’naltirilgan prosessual motivlar; 
4) 
faoliyat mashsulini basholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan 
rag’batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari moshiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar: 
1) 
ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; 
2) 
kasbiy tayyorgarlik va mashoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar; 
3) 
o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. 
IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, mushlati, barqarorligi bilan 
umumiylikka ega bo’lgan motivlar: 
1) 
doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; 
2) 
qisqa muddatli, bir lashzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; 
3) 
uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab 
etuvchi motivlar. 
V. Vujudga kelishi, kechishi sur'ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar: 
1) 
kuchli, qudratli, ta'sir doirasidagi shijoatli motivlar; 
2) 
paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur'atli motivlar; 
3) 
yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo’sh, kuchsiz, beqaror motivlar. 
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati
xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: 


1) 
aniq, yaqqol, voqe bo’luvchi real motivlar; 
2) 
zarurat, yuksak talab va eshtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; 
3) 
imkoniyat (potensiya), zoshira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini 
o’zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi 
motivlar. 
1) 
biologik motivlar; 
2) 
psixologik motivlar; 
3) 
yuksak psixologik motivlar. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin