2. Iroda aktining tuzilishi
Iroda muammosiga bag’ishlangan bundan oldingi sashifalarda ta'kidlab
o’tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun,
moshiyat, ma'no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o’rinliki, shaxsda
motivlar kurashining paydo bo’lishi uchun unga mas'uliyat, javobgarlik shissining
yuklatilishi, irodaviy harakatni amalga oshirish zaruriyati tug’ilishi, mazkur
vaziyatda shubshalanish, ikkilanish uyg’onishi favqulodda unda irodaviy zo’r
berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni tushuntirish yoki izoshlash uchun
psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan iborat ekanligi aniqlanish
uchun uning unsurlari, bo’linmalari, tuzilishi to’g’risida mulohaza yuritish joiz.
Insonning miyasida tug’iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat
151
amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu
harakat yordami bilan qo’yilgan maqsadiga erishish yo’llarini anglab yetadi, ya'ni
harakat bilan maqsad, o’rtasidagi uyg’unlik insonga tobora yaqqollashadi,
anglashiniladi. Sholbuki shunday ekan, shaxs o’zining ruhiy holatini o’zgartirishga
qaror qiladi, qondirilishi lozim bo’lgan eshtiyojlarini muayyan tartibga keltiradi,
ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim topadi. Xuddi shu
yo’sinda irodaviy harakatni amalga oshirishning tarqoq va yig’iq tarkiblari
(unsurlari) maqsadga yo’naltiriladi. Ushbu jarayonga inson shaxsini undayotgan,
ham anglanilgan, ham anglanilmagan ruhiy tayyorgarlik motivdan iborat bo’lib,
maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini tushuntirishga xizmat qiladi.
Insonning shayoti va faoliyatida uning borliqdagi narsalarga nisbatan o’zini
tortadigan har xil xususiyatli maqsadlari vujudga kela boshlaydi. Lekin shuni
ta'kidlash joizki, shaxs oldida paydo bo’lgan maqsadlarni u tanlashi, moshiyat
jishatidan ma'qulligi (noma'qulligi) yuzasidan qaror qabul qilishi, ularning Hozirgi
davr uchun ahamiyat kasb etishini, istiqbol imkoniyatlari singari xususiyatlarini
shisobga olishi lozim.
Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol, ob'ektga yo’nalgan
maqsadni amalga oshirish (qaror toptirish) ezgu niyati ro’yobga chiqadi. Masalan,
kundalik moddiy eshtiyojini qondirish, sayoshatga chiqish, ish joyini almashtirish,
til Markaziga o’qishga kirish, qarindoshlari sholidan xabar olish, televizor tomosha
qilish istaklari tug’ilishi mumkin. Bu asnoda iroda aktining o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, nafaqat xoshish-istakdagi maqsadni tanlay olish, balki uni
amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini tushunish hamda anglashdir. Xuddi
shu tariqa irodaviy harakatning muhim tarkibi, binobarin, ajratib olingan maqsadga
erishishning yo’l-yo’riqlari shakli va moshiyati to’g’risida mulohaza yuritish,
uning ustida bosh qotirish davri boshlanadi. Mazkur jarayonda fikr yuritilayotgan
vositalarning maqsadga erishish yo’liga muvofiqligi tashlil qilinadi, aqlan
chamalab ko’riladi, uni ro’yobga chiqarishga mutlaqo mos yordamchi uslublar,
harakatlar tanlanadi. Yuqorida mulohaza yuritilgan aqliy xatti-harakatlarning
barchasi o’zining moshiyati bilan iroda aktining tarkibiga kiruvchi aqliy jarayonlar,
aqliy lashzalar, aqli vaziyatlar sifatida mujassamlashadi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo’l-yo’riqlari shaqiqatdan
ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to’g’risida oqilona qarorga
kelishda o’z ifodasini topadi. Psixologik ma'lumotlarning ko’rsatishicha, tanlangan
harakatlar oqilona, omilkor, odilona ekanligi to’g’risida qarorga kelinganida,
maqsadga muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon
qiyinchiliklarsiz sodir bo’ladi. Biroq aksariyat shollarda qarorga kelish murakkab
jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin,
tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha cho’ziladi. Masalan, shaxsda ish
joyini almashtirish xoshish-istagi tug’ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa
xususiyatga ega bo’lgan intilishlari shukm surishi mumkin, o’z navbatida ular
ishxonani o’zgartirishga to’sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o’zgartirish
maoshning yangi ishxonada biroz yuqoriligi bilan bog’liq bo’lsa-da, lekin yangi
mushitga va jamoaga, notanish hart-haroitga, boshqacha talabga moslashish
152
(ko’nikish) zarurligini taqozo etadi. Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar
kurashi yuzaga keladi, uning negizida: a) yangi ish joyidan, b)ichki qanoatlanish
tuyg’usidan voz kechish kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug’ilishi, g) uning
istiqboli evaziga o’zining boshqa eshtiyojlaridan yuz o’girishi lozimmi degan
motivlar kurashi boradi. Motivlar kurashida u yoki bu tarzda qarorga kelishni
ma'qullash (e'tirof qilish) yoki ma'qullamaslik (e'tirof etmaslik)to’g’risidagi
mulohazalarni tashlil qilish (ularni chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki
o’zaro ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi harakatlarni tatbiq etishga undovchi
qabildagi motivlar kurashi ham tug’ilishi mumkin. o’zaro qarama-qarshi
motivlarning
salmog’i
qamrovli
bo’lsa,
shaxsni
faoliyatga
undovchi
eshtiyojlarning ob'ekti o’zining qiymati (ahamiyatliligi) bilan o’zaro baravarlashsa,
u holda bunday motivlar kurashi ularga hamoshang tarzda kuchli kechadi. Mabodo
shaxsda televidenieda kino ko’rish xoshishi bilan do’stining tavallud topganligini
tabriklash uchun borish istagi o’rtasida ruhiy kurash yuzaga kelsa, motivlar kurashi
sodir bo’lmaydi, chunki bunday mashalda shaxsda kinoni tomosha qilish tilagi
(intilish) o’zidan o’zi yo’qoladi.
Lekin motivlar kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi deb xulosa
chiqarmaslik kerak, bunda munosabat, xoshish shaxs uchun qanchalik muhim
ahamiyat kasb etishiga ko’p jishatdan bog’liq. Jumladan, shaxsni (safarga otlanish
(tayyorgarligi) hamda qarindoshdagi to’yga tabriklash uchun borish istaklari
(zarurati) o’rtasidagi motivlar kurashi o’zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli faqat
ulardan bittasini tanlash taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash tariqasida
keskin tus olishi mumkin. Shunga o’xshash motivlar kurashi natijasida muayyan
qarorga kelishi yoki qaror qabul qilish vujudga keladi, bunda shubshalanish,
sustlik, loqaydlik, ikkilanish singari sifatlar (gosho illatlar) faoliyat doirasidan
siqib chiqarilib, butun diqqat e'tibor qarorni amalga oshirishga yo’naltiriladi.
Mabodo qarorga kelinganidan keyin ham jur'atsizlik shaxsni ikkilanish sari
yetaklashda davom etaversa, u holda irodaviy harakat tub ma'nodagi g’ayratdan,
shijoatdan, sobitqadamlikdan, belgilangan maqsad sari intilishdan mashrum
ekanligini aks ettiradi. Maqsadga erishish uchun shaxs o’zini tayyorlaydi,
psixologik va statistik kutilmalar o’zaro tafovutlanishi yuzasidan ma'lumotlarni
umumlashtiradi.
Shuni eslatib o’tish o’rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda
qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo’r berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga o’z eshtiyojlarining
ustuvorligi darajasi ta'sirini zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg’unlashgan,
jiddiylik, zo’riqish xususiyatli ichki zo’r berish jarayoni bilan uzviy bog’liqlikka
ega. Shaxs o’zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat
(zaruriyat) birinchidan, sub'ektning ayrim istaklari, mustashkamlangan salbiy
odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko’nikish shissi; uchinchidan,
ma'qullanilmagan axloq-odob prinsiplari, an'analar bilan kurashining kechishi
irodaviy aktning o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan xislati (sifati) shisoblanish
irodaviy zo’r berish tomonidan idora qilinadi.
153
Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo’qolishiga harakat
qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob
prinsiplariga javob bera olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish
imkoniyatini anglashning o’zi shaxs uchun murakkab ishni "o’lik" nuqtasidan
siljitishga, qo’zg’atishga yetarli darajadagi omil bo’lib xizmat qila olmaydi.
Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas'uliyat,
javobgarlik, qat'iyatlilik tuyg’ulari bilan qat'iy ishonch, zaruriyat barqaror ichki
kechinmalar (regulyator shislar) mustashkamlansa, bunday davrda ushbu narsa
ko’pgina intilishlarni yo’qotishga imkon beradigan shaqiqiy irodaviy zo’r berishni
vujudga keltiradi. Yuksak shislar (burch, mas'uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik,
fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizasiyaga aylanganligini, ya'ni shaxsning
ma'naviy mulkiga o’tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan
altruistik (ijtimoiy fidoiylik) istaklari (xoshishlari) o’rtasida qarama-qarshilik
yuzaga keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning
ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak shislar motivlar kurashida
intilish o’ng yoki so’l tomonga og’ishini aniqlaydi, maqsadni amalga oshishini
ta'minlashda regulyator funksiyasini bajaradi.
Psixologiyada irodaviy akt to’g’risida mulohaza yuritilganda shu narsa
ta'kidlanadiki, irodaviy zo’r berishning ichki kechishi faqat qarorga kelishda paydo
bo’lmaydi, balki uni ijro etish jarayonida jadal sur'atga erishishda ham amalga
oshadi. Buning psixologik ma'nosi shuki, qabul qilingan qarorni ijro etish
(bajarish) aksariyat shollarda sub'ektiv va ob'ektiv xususiyatli bir talay qarama-
qarshiliklarga duch keladi, ularni yengib o’tish esa irodaviy zo’r berishni,
zo’riqishni talab qiladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyotiga maqsad va vazifasiz,
tasodifiy yondashuv sifatida moslayotgan shaxs o’z turmush tarzini o’zgartirmasa,
uzoqni ko’zlab ish yuritmasa (bugungi kuni o’tganiga shukur qilib yashasa), faollik
ko’rsatmasa, imkoniyatidan foydalanmasa, bir qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Insonning o’zligi bilan ichki kurashi, xarakter xislatlarini o’zgartirishga
intilishi irodaviy zo’r berishi tufayli amalga oshadi, xolos. Shuningdek, inson
sanitariyaga, gigienaga rioya qilib yashashi (sayr qilish, xona shavosini
almashtirish, ovqat shazm bo’lishini kutish, ozodalikka e'tibor qilishi yangi
ko’nikmalarni egallash kabi) irodaviy zo’r berishni taqozo etadi. Bu psixologik
voqelikning negizida insonni oldin shayajonga solmagan, tashvishlantirmagan
narsalarga e'tibor qilish mexanizmi yotganligi tufayli favquloddagi qarshilik salbiy
xis tuyg’ularni (stress, affekt, frustrasiya kabilarni) vujudga keltiradi. Sholbuki
shunday ekan, shaxsning o’zini o’zi bilan ichki ruhiy kurashi natijasida
muvaffaqiyatga erishilsa, u holda ijobiy xususiyatli shissiy kechinmalar yuzaga
keladi, o’zining ustidan o’zi shukmronlik tuyg’ulari, o’z kuch va qudratiga
ishonch, uni anglab yetish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi nazorat qilish,
o’zini oldiga qo’ygan eng muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini tushunish
ro’yobga chiqadi. Ushbu ruhiy jarayonlar muammo yechimida ishtirok etishidan
qat'i nazar, irodaviy zo’r berish va uning ichki kechishi kuchli zo’riqishlar tufayli
amalga oshadi. Bu o’rinda shaxsning xarakteri, individual xususiyatlari, ijtimoiy
hartlangan xislatlari, har bir narsaga jiddiy munosabati etakchi va ustuvor ahamiyat
154
kasb etadi. Ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish, gumanistik psixologiya tarkibidagi
kategoriyalar hamda ularning shayot va faoliyatda namoyon bo’lishi muhim rol
o’ynaydi. Ma'lumki, shaxsiy mayllar, ustanovkalardan tashqari, unga ijtimoiy
ustanovkalarning ta'siri, o’z roli, statusi yuzasidan basholash tizimining to’g’ri
shakllanganligi bunda aloshida ahamiyatga ega.
Shaxs ma'lum bir faoliyatni amalga oshirgunga qadar o’z ruhiy olamida
yuzaga kelgan ayrim sub'ektiv ("Men" bilan "Men" emas qabildagi) qarshiliklarni
yengishdan tashqari, unga muayyan tashqi, (ob'ektiv tarzdagi) ziddiyatlarni ham
barham toptirishga to’g’ri keladi. Aytaylik, inson uchun ro’yobga chiqarish zarur
shisoblangan maqsad aniq (yaqqol), uni amalga oshirish yuzasidan shech qanday
shak-shubsha bo’lmasa-da, shuningdek, qarorga kelishda kuchsiz motivlar kurashi
davom etsa-da, lekin qarorni ijro qilishda ba'zi bir qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin.
Mazkur jarayonda vujudga kelgan qarshilik va qiyinchiliklarni yengish insondan
chidam, qat'iylik, favquloddagi, sira kutilmagan xolatni inobatga olishni taqozo
etadi. Ba'zida esa uzluksiz ravishda ular bilan kurashish, irodaviy zo’r berish,
ularni yengish uchun esa ruhan tayyorgarlik mayli bilan qurollantirishni talab etadi.
Bunday vaziyatlar zo’riqish, tanglik, zo’r berish, jiddiylik ma'lum davr davomida
shaxsda saqlanib turish majburiyatini yuklaydi. Psixologik ma'lumotlarga
qaraganda, irodaviy sa'i-harakat uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan irodaviy
zo’r berish aksariyat shollarda motivlar kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga
kelganligi bilan emas, balki shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etish
(bajarish, ado etish) jarayonida ob'ektiv xususiyatga molik qiyinchiliklarni yengish
tufayligina namoyon bo’ladi. Xuddi shu bois iroda akti tuzilishi tashlilining
ko’rsatishicha, ushbu holat iroda faoliyatining bir talay xususiyatlarini
xaspo’shlashga imkon yaratadi. Shuning bilan birga, irodaviy faoliyatning shaxs
xatti-harakatlarida muayyan ustuvor vazifalar (funksiyalar) ijro etishini
(bajarishini) ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur funksiyalar:
birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga tatbiq qilish sifati darajasini
yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson shayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb
etuvchi muammolar yechimini topishga haroit yaratadi. Uchinchidan, inson
shaxsiga muammo moshiyatiga kirishini ta'minlaydi, shuningdek, harakatni
maqsadga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Irodaviy faoliyat insonning xatti-harakatlarini uning borliqqa (atrof-
mushitga) nisbatan ongli shaxs sifatida o’z oldiga qo’ygan ustuvor maqsadlari
moshiyatidan kelib chiqqan holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o’zining tanlagan
ideallariga, uni yo’naltiruvchi g’oyalariga, ishonch e'tiqodlariga, qarashlariga,
o’zga kishilar beradigan basholariga, o’ziga o’zi basho berish mezonlariga
nomutanosib istaklar, xoshishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni
to’xtatishga yoki batamom bartaraf etishga intiladi. Bu holat tashlili shundan
dalolat beradiki, iroda bu o’rinda shaxsning xatti-harakatlarini jilovlash
(to’xtatish), nazorat qilish, boshqarish, chetga og’ishdan saqlash (cheklash)
funksiyalarini aks ettiradi.
Irodaning xatti-harakatlarni boshqarish funksiyasi shaxs uchun noxush,
noqulay, yoqimsiz xoshish-istak, harakat va intilishni cheklash, to’xtatish, tiyish
155
kabilardan iborat bo’libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolligini muayyan
jabshaga, sohaga yo’naltirish, o’z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni
umumiy maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha
shaxsni faollikka chorlaydi, uni qat'iy yo’l belgilash sari yetaklaydi, barqaror
harakat qilishga yo’naltiriladi, ikkilanish, shubshalanishning oldini oladi. Shuning
uchun ham maqsadga yo’naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan intilish, ro’yobga
chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otadi, dadil amallar
qilishga yo’naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol maylni shakllantiradi.
Insonning erishgan yutug’i, muvaffaqiyati har bir irodaviy harakat barqarorligini
ta'minlaydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy uslubni tarkib toptirishni
jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga oshirishni yengillashtiradi,
o’zidagi irodaviy sifatlarning takomillashuviga puxta negiz shozirlaydi, irodaviy
zo’r berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motivlar kurashi
orqali (kuchsiz), irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon
bo’ladi.
Iroda uchun irodaviy xatti-harakat motivasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu bois irodaning negizini shaxsning xatti-harakatlari va ishlarining keng
ko’lamli, rang-barang xususiyatli motivlashtirilishiga omil(turtki) tariqasidagi
eshtiyojlarni vujudga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi
mavjudligi ta'kidlanadi (psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog’langan,
lekin o’zaro to’la mutanosib bo’lmagan, nisbiy mustaqil ko’rinishlari
motivlashtirish deyiladi).
1.
Shaxsning eshtiyojlarini qondirish bilan hartlangan, uni faoliyatga
undovchi (turtki) tarzda vujudga keluvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir.
Mazkur holatda motivlashtirish faollik nima sababdan vujudga kelishini, shaxsni
faoliyatni amalga oshirishga undovchi eshtiyojlar moshiyatini tashlillashga xizmat
qiladi.
2.
Motivlashtirish faollik nimalarga yo’naltirilganligini, nega aynan
shunday
xulq-atvor
tanlanganligini,
nima
uchun
boshqasiga
e'tibor
berilmaganligini asoslashga qaratiladi. Bu o’rinda motivlar shaxsning xulq-atvor
yo’nalishini tanlashni aks ettiruvchi sabablar funksiyasini bajaradi. Bularning
barchasi yaxlit holda keltirganida inson shaxsining yo’nalishini vujudga keltiradi.
3.
Motivlashtirish-bu inson axloqi va faoliyatini o’zi boshqaruvchi vosita
tariqasida namoyon bo’lishidir. Ushbu vositalar tarkibiga emosiyalar, xoshishlar,
tilaklar, qiziqishlar, mayllar va boshqalar kiradi. Masalan, emosiyada insoniy fe'l-
atvorning shaxsiy aks ettirish moshiyati basholanadi, binobarin, uning tub maqsadi
faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda shis-tuyg’ular uning yo’nalishini
o’zgartiradi. Buning natijasida fe'l-atvor qayta quriladi, oldingi harakatlarni
jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar.
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishning uchta jabshasi
(sohasi), ya'ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsining yo’nalganligi, o’zini o’zi
boshqarish vositasiligi aks etadi. Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki,
irodaning asosi motivlashtirishga sabab bo’luvchi eshtiyojlardan iborat ekanligi
156
dalillab o’tiladi. Eshtiyojlar esa irodaviy harakatlar bajarilishini ta'minlaydigan
yoki ularga to’sqinlik qiladigan motivlarga aylana boradi. Irodaviy harakatlarning
motivlari (sabablari) muayyan darajada anglanilgan xususiyat kasb etadi va shaxsni
ularni amalga oshirishga yo’naltirib turadi. Psixologiyada eshtiyojning
anglanilganligi darajasiga asoslangan holda intilish, istak kabilarni psixologik
jishatdan tafovut qilish mumkin.
Agarda ularning moshiyatini ta'rif orqali yoritishga harakat qilsak, u holda
o’zaro farqini tezda aniqlab olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Intilish-etarli
darajada anglanilmagan, farqlanish, tabaqalashish imkoniyati sust eshtiyojdan
tashkil topgan faoliyat motividan iboratdir. Masalan, shaxs yozgan maqolasini
bosib chiqarishga intilishni xayoldan o’tkazish chog’ida nashriyotni ko’z o’ngiga
keltiradi, muharrir bilan uchrashganda, sushbatlashganda mamnuniyat tuyg’usini
shis etadi. Xuddi shu bois intilish ob'ekti bilan takror-takror uchrashuvga rozi
bo’ladi va o’z intilishini davom ettirishga qaror qiladi. Biroq inson ba'zi shollarda
unga shuzur-shalovat bag’sh etayotgan motiv (sabab) moshiyatini anglamaydi
ham, chunki u qanday natijaga erishish mumkinligi to’g’risidagi ma'lumotga ega
emas. Bundan ko’rinib turibdiki, intilish psixologik jishatdan yetarli darajada
aniqlikni o’zida mujassamlashtirmaydi, ayrim shubshalar shukm surish eshtimoli
mavjud, harakat unsurlari yuzasidan taxmin yetishmaydi.
Istak-shaxs tomonidan eshtiyojning yetarli darajada anglanilganligi bilan
tavsiflanuvchi faoliyat motividir. Intilishdan farqli o’laroq istakda nafaqat eshtiyoj
ob'ekti, balki uni qondirishning yo’l-yo’riqlari, vositalari ham inson tomonidan
tushuniladi. Masalan, oliy maktab o’qituvchisi o’qitish samaradorligini oshirish
istagini bildirib, bu holatni ijtimoiy eshtiyoj sifatida tasavvur etib, ta'limning faol
metodlarini qo’llash shaqida o’ylaydi, o’z faoliyatini yangicha tashkil qiladi,
iqtidorli, bo’sh o’zlashtiruvchi talabalar bilan individual ishlash grafigini ishlab
chiqadi, qo’llanmalar yaratish rejasini tuzadi va hokazo.
Inson faoliyatining motivlari (motivasiyasi) uning yashash hart-haroitlarini
aks ettiradi, shuningdek, shaxs tomonidan namoyon ettirilgan eshtiyojlarini
fashmlash imkoniyatini vujudga keltiradi. Eshtiyojlar ahamiyatining o’zgarishi
tufayli muayyan psixologik holatlarda motivlar kurashi paydo bo’ladi, bunda bir
istak boshqa istakka nisban qarama- qarshi qo’yiladi, bu shaqida oldingi
sashifalarida mukammal mulohazalar yuritilgan.
Qarshiliklar, qiyinchiliklar, nizoli vaziyatlarni yengish uchun irodaviy zo’r
berishga to’g’ri keladi. Irodaviy zo’r berish to’g’risida mulohaza yuritilgan bo’lsa-
da, lekin unga ta'rif berilmaganligi sababli ayrim aniqliklar kiritish joiz deb
shisoblaymiz. Irodaviy zo’r berish-shis-tuyg’ular (shissiyot) shakli shisoblangan
shaxsning irodaviy harakatga (aktga) qo’shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi,
ba'zida ularni barbod qiluvchi, bilish jarayonlarini safarbar etuvchi, muayyan
zo’riqish holati singari kechiriluvchi motivlar majmuasidir.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo’lib, inson
faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Iroda
shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan
iborat bo’lib, u o’zini o’zi boshqarish sifatida dastavval o’ziga, o’z shissiyotiga va
157
xatti-harakatlariga shukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir.
Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual
xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi
kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari,
sifatlari, xislatlari, illatlari to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo’lib, ular abuliya (yunoncha
abulia-qat'iyatsizlik degan ma'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-
harakatsizlik ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya- bu miya
patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi,
harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan
tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor
ko’rsatmalariga rioya qilish zarurligini to’g’ri fashmlagan abuliya kasali bilan
shikastlangan bemor biror narsani bajarishga o’zini mutlaqo yo’llay olmaydi.
Apraksiya-miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar
maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir.
Nerv to’qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda
xatti-harakatlarni erkin to’g’rilashda buzilish namoyon bo’ladi, natijada iroda akti
bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va apraksiya-psixikasi og’ir kasallangan
insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin
pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiyasi bilan emas,
balki noto’g’ri tarbiya mashsuli bilan tavsiflanadi.
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko’rinishlaridan biri-bu yalqovlik
shisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi,
irodaviy kuch-g’ayrat ko’rsatishni qat'iy ravishda istamasligida o’zini aks
ettiruvchi illatdir. Yalqovlik-shaxs ojizligi va irodaviy sustligining, uning shayotga
layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining
ifodasidir. Yalqovlik-shaxsning ruhiy qiyofasi bo’lib, uzluksiz tarbiyaviy ta'sir va
o’zini o’zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir.
Dostları ilə paylaş: |