Mahsulot maqsadi: Mahsulotning mexanik yo`naltirilgan vazifasi ... “Jismlarni
maqsadga muvofiq harakatlantirish”.
Istagimiz:
“Quyidagi vazifalarni hal etishda qo`llab-quvvatlang”
1.1.4-rasm. Mexatron tizimlar g`aroyib xossali mahsulot sifatida
11
10
Intro to Mechatronics. p.7
11
Klaus Janschek. Mechatronic Systems Design. Methods, Models, Concepts. c 2012 Springer-Verlag Berlin
Heidelberg. p.4.
14
1.1.2.
Mexatronika ob’ektlariga ta’rif
«Mexatronika ob’ekti» deganda raqamli boshqariladigan va biror maqsadli harakatni
amalga oshiruvchi qandaydir predmet (mahsulot) tushuniladi. U uchta darajada bo`lishi
mumkin: mexatronik modul; mexatronik agregat (mashina); mexatronik tizim.
Birinchi darajaga mexatronik modul kiradi.
Mexatronik modul (MM)
– bir nechta integrallashgan elementlardan iborat bo`lib,
konstruktiv ravishda mustaqil mahsulot shaklida bo`ladi va mexatron qurilmalarda ma`lum
bir operatsiyani bajaradi.
Mexatronik modul – qoida bo`yicha, birta koordinata bo`yicha harakatni amalga
oshirishga mo`ljallangan, avtonom hujjatlar majmuasiga ega bo`lgan unifikatsiyalangan
mexatronik ob`ektdir. Bularga misol bo`lib
dvigatel, reduktor va b.
xizmat qiladi. Biroz
murakabroq modullarga (avtonom yuritmalar)
motor-reduktor, motor-g`altak, motor-
baraban va aylanuvchi stollar
kiradi.
Ikkinchi daraja –
mexatronik agregat (mashina)
bo`lib, u tashqi muhit bilan o`zaro
ta`sirlashgan holda kerakli harakatlarni amalgan oshirishga mo`ljallangan va bir nechta
modullardan tuzilgan. Bularga misol bo`lib
sanoat robotlari, raqamli boshqariladigan
stanoklar
va b. xizmat qiladi.
Uchinchi daraja –
mexatronik tizim (MT)
. Ma`lumki, tizim – bu bir butun bo`lib
faoliyat ko`rsatadigan va ma`lum maqsadni amalga oshirishga mo`ljallangan, ma’lum bir
qonuniyatga bo`ysunadigan va bir-biri bilan ma`lum bir munosabat bilan bog`langan
komponentlar majmuasidir. Mexatronik tizim ushbu ta`rifga to`la mos kelib, mexanik,
elektron va boshqaruv komponentlarining sinergetik birligidir va u bir butun bo`lib faoliyatini
amalga oshiradi.
U bir nechta yoki birta agregat (mashina)dan va bir qator alohida modullardan, ya’ni
bir xil yoki har xil quyi pog`ona ob’ektlaridan tashkil topgan bo`ladi. Bularga misol bo`lib
moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, zamonaviy avtomobillar
va b. xizmat qiladi.
Ijrochi mexanizm
– mexatronik ob`ektning funktsional qismi bo`lib,
boshqarish sistemasidan keladigan signallarga asosan mexanik harakatni amalga
oshiradi.
15
Ishchi organ
– ob’ektning texnologik maqsadini amalga oshiruvchi qurilma.
Dostları ilə paylaş: |