315
•
modullar
va
markaziy
boshqarish
qurilmalari
orasidagi
kommunikatsiyalarning soddalashuvi. Bu tizimning xalaqit
qiluvchi signallardan
himoyalanishini oshiradi;
•
nosozliklarni kompyuterli tashxis qo`yish yo`li bilan aniqlash va
avtomatik himoyalash orqali tizimlarning ishonchligini oshirish;
•
IMM asosida tarqatilgan boshqarish tizimlarini tarmog`lanish
usuli
bilan yaratish. Kerakli dasturiy ta`minotni ta`minlagan holda apparat-dasturiy
platformalarni qo`llash;
•
quchli o`zgartiruvchilarni va sensorlarni intellektuallashtirish. Bu
o`lchashlarni
aniqlashtirishga,
shovqinlarni
filtrlashga,
kirish/chiqish
xarakteristikalarni chiziqlashtirishga olib keldi.
IMM quyidagi elementlardan iborat:
•
dvigatel (aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi va h.k.);
•
mexanik o`zgartichgich (tishli, tasmali, vintli va h.k.);
•
tesqari bog`lanish datchiklari;
•
kuchli o`zgartirgichlar (holat, tezlik, tok,
temperatura, vibratsiya va
h.k.);
•
bog`lanish vositalari.
Zamonaviy elementlar bazasida tayyorlangan
boshqaruvchi kontrollerlar
ixcham va ishonchli mexatron mahsulotlarni yaratish imkonini beradi.
Yuqorida aytib o`tilgan barcha elementlar loyihalovchi tomonidan yagona
korpusga konstruktiv birlashtiriladi. IMMlar bilan
ishlash uchun foydalanuvchi
IMMni kommunikatsion magistral orqali boshqaruvning yuqori bosqichdagi
kompyuter bilan bog`lash kerak bo`ladi. Natijada
biz taqsimlangan boshqarish
tizimiga ega bo`lamiz.
Uning strukturasi 4.3.2-rasmda keltirilgan. Bunda qurilmalar orasida aloqa
almashinuvi umumiy shina printsipi asosida qurilgan kompyuter tarmog`i orqali
amalga oshiriladi.