273
-
to`liq suvga cho`kuvchi;
-
signal beruvchi chiroqcha;
-
xizmat ko`rsatishga juda oson;
-
30 litrgacha mo`ljallangan suv havzalari uchun;
2.5-rasm. Kangde 19000 suv isitish qurilmasi
Prinstipial
elektr
sxemalar
(PES)
uskunalarning,
apparatlar
va
qurilmalarning to`la tarkibini, shuningdek ular orasidagi aloqalarni belgilaydi.
Bunday sxemalar apparatlar
va qurilmalarni boshqarish, rostlash,
himoyalash,
o`lchash va signalizastiya masalalarini yechishni ta’minlaydi.
Prinstipial elektr sxemalarda barcha apparatlar (rele, ishga tushirgich,
o`zgartirgich) o`chirilgan holatda aks ettiriladi. Agar
biror apparatni yoqilgan
holatda aks ettirish zarur bo`lsa, unda uni chizmaning maydonida ko`rsatish kerak.
Elektr sxemalar alohida jihozlar va avtomatlashtirish tizimining uchastkasi
(masalan, nasosni boshqarish sxemasi, reaktor temperaturasini boshqarish sxemasi
va h.k.) uchun ishlab chiqiladi.
Prinstipial elektr sxemalarda elementlar ikkita usulda aks ettirilishi mumkin:
hamkor usul va ajratilgan usul.
Hamkor usulda elementlarning yoki qurilmalarning
tarkibiy qismlari
sxemada bevosita bir-biriga yaqin holda tasvirlanadi. Ajratilgan usulda
elementlarning yoki qurilmalarning tarkibiy qismlari ko`rgazmali bo`lishi
uchun
sxemaning turli joyida tasvirlanadi.