tizimlarning asosiy afzalliklari: - barcha elementlar va interfeyslarni yuqori darajada integratsiyalash,
unifikatsiyalash va standartlashtirish natijasida tannarxning pastligi;
-
intellektual boshqarish metodlarini qo`llash natijasida murakkab va
aniq harakatlarni amalga oshirishning yuqori sifatiga erishish;
-
yuqori ishonchlilik, uzoq chidamlik va jarayonga xalaqit qiluvchi
ta`sirlardan himoyaning yuqoriligi;
-
kinematik zanjirlarning soddalashtirilishi natijasida mashinaning
massasi va gabaritlarini hamda dinamik xossalarini yaxshilash;
-
modullar konstruktsiyalarini mujamsamlashtirish (kompaktlash)
(mikromashinalar ishlab chiqish).
Bugungi kunda MTlarning 3 ta avlodlari mavjud.
•
I-dasturlashtirilgan mexatron tizimlar;
•
II-adaptiv mexatron tizimlar;
•
III- intellektual mexatron tizimlar.
I-avlod dasturlashtirilgan mexatron tizimlar . Ularning harakati dastur
almashtirilishi bilan o`zgartiriladi. Tashqi muhit holati o`zgarishi haqidagi axborot
faqat dastur almashtirish paytida tizimga kiritiladi. Inson aralashuvisiz birinchi
avlod mexatronik tizimlar yangi dasturlarni ishlatish va tashqi muhit o`zgarishiga
moslasha olmaydi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishda foydaladigan
mexatronik tizimlarning asosini ushbu tizimlar tashkil qiladi.
II-avlod MTlar tashqi muhit o`zgarishiga moslasha oladi va shuning uchun
adaptiv deb ataladi. Ular tashqi muhit haqidagi axborotni qabul qilish tizimiga ega,
bu axborotni real vaqt sharoitida boshqarish signallariga o`zgartira oladi. Bu MTlar
33
mikroprotsessor bazasidagi quvvatli hisoblash sistemasiga va juda katta funktsional
imkoniyatlar va ishlatish samaradorligiga ega. Hozirgi vaqtda bunday MTlar ishlab
chiqarilmoqda va ulardan foydalanish o`sib bormoqda.