7
1.1.1-rasm. Mexatronika atamasi
2
Mexatronika bo`yicha birlamchi ilmiy maqolalar 1970-yillar oxirlarida
Yaponiyada chop qilina boshlandi. Bu maqolalar
asosan kompyuter yordamida
boshqariladigan avtomatikaning aniq ishlaydigan sistemalari haqida edi. 1983
yildan xalqaro “Mexatronika” jurnali chop etila boshlandi.
Dunyoda boshqariladigan va aniq ishlaydigan elektrdvigatellar ishlab
chiqarish rivojlanib borgani sabab, 1982 yilda “
Yaskawa Electric
” kompaniyasi
“Mexatronika” savdo belgisidan voz kechadi va bu atama cheklovlarsiz qo`llanavera
boshladi.
1984 yilda Yaponiyaning muhandis-mexaniklari jamiyati (
Nixon Kikay
akkay
) tomonidan “
Gixodo
” nashriyotida etti tomlik mexatronikaga bag`ishlangan
nashr chiqardi.
3
Shundan keyin “Mexatronika” ilmiy hamjamiyatda fan sohasi
sifatida tan olindi.
1985 yilda AQShda Kaliforniya Universitetida mexatronika ilmiy
markazi
ochildi. Bu markazga 20 taga yaqin istiqbolli ilmiy ishlanmalar bilan
shug`ullanayotgan kompaniyalar a`zo bo`ldi.
Rossiyada va hozirgi hamdo`stlik mamlakatlarida mexatronika bo`yicha
ishlar 1980-yillardan boshlab, asosan, koinot va harbiy maqsadlarda olib borildi.
Mexatronika yaratilish bosqichida,
bugungi kunda uning bazaviy
terminologiyasi hali oxirigacha yaratilmagan. Shuning uchun mexatronika fanining
2
Intro to Mechatronics, p.2
3
Мехатроника: Пер. с япон. / Исин Т., Симояма И., Иноуэ Х. и др. – М.:Мир, 1988. – 318 с.
8
maqsadini keng va tor (maxsus ) ma’noda ko`rib chiqish maqsadiga muvofiq.
Quyida mutaxasislar tomonidan “mexatronika” atamasiga berilgan ba’zi bir
ta’riflarni ko`rib chiqamiz:
Atama muallafi T. Mori Mexatronikaga quyidagicha ta’rif beradi
4
:
•
“The word, mechatronics is composed of ”mecha” from mechanics and “tronics” from
electronics. In other words, technologies and developed products will be incorporating electronics
more and more into mechanisms, intimately and organically, and making it impossible to tell
where one ends and the other begins.”
“Mexatronika” so`zi “Mexa” mexanikadan va “Tronika” elektronika so`zlari
yig`masidan iborat. Boshqacha qilib, aytganda, ishlab chiqiladigan texnoligiyalar va
mahsulotlarda elektronika mexanizmlarda organik ravishda mukammal qo`llaniladi va qaysi biri
qayerda tugashi va boshqasi boshlanishini aniqlash mumkin bo`lmay qoladi.
F. Harshama, M. Tomizuka va T. Fukudalar mexatronikaga bag`ishlangan
maqolasida quyidagi ta’rifni berishgan
5
:
•
“Synergistic integration of mechanical engineering with electronics and intelligent
computer control in the design and manufacturing of industrial products and processes.”
Sanoat jarayonlari va mahsulotlarini loyihalash va ishlab chiqarishda mashinosozlikni
elektronika va intellektual kompyuter nazorati bilan sinergetik
6
integratsiyalash.
Oxford Illustrated Encyclopedia quyidagi ta’rifni taklif etdi:
7
Mexatronika – yapon atama so`zi bo`lib, elektrotexnika,
mashinosozlik va dasturiy
ta`minot kesishmasida paydo bo`lgan texnologiyani izohlash uchun ishlatiladi.
Loyihalash va ishlab chiqarish masalalarini, hamda “aqlli”, ya’ni oldindan belgilangan
dastur asosida ishlaydigan mashinalarning funksiyalarini o`rganadi.
Vikipediyada quyidagi ta’rif berilgan:
8
Mexatronika - bu fan va texnika sohasi bo`lib, funksional harakatlari intellektual
boshqariladigan
yangi sifatli modullar, mashinalar va tizimlarni loyihalash va ishlab chiqarish
maqsadida aniq mexanikani elektronika, elektronexnika va kompyuterli boshqarish komponentlari
bilan sinergetik birlashtirish masalalarini o`rganadi.
4
T.Mori, “Mechatronics,” Yaskawa Internal Trademark Application Memo, 21.131.01, July 12, 1969
5
F. Harshama, M. Tomizuka, and T. Fukuda, “Mechatronics-what is it, why, and how?-and editorial,” IEEE/ASME
Trans. on Mechatronics, 1(1), 1-4, 1996.
6
“Sinergiya” yunon. – “hamkorlik, ko’maklashish, yordam” ma’nosini anglatadi.
7
Oxford Illustrated Science Encyclopedia by Dawkins, Richard, Kerrod, Robin (2001)
8
https://ru.wikipedia.org/wiki/Мехатроника