muvozanatlashganlik, ya’ni asabdagi tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarining o’zaro mutonosibligi, shunga ko’ra, o’zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo’lishi;
harakatchanlik, ya’ni qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlaridagi o’zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. quyidagi 33-rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.
Shunday qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog’liq bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’qul, “hayotiy ko’rsatgichli” xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiqlik, emosional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, kayfiyatning turg’unligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin.
Shulardan kelib chiqqan holda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni o’stirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o’xshash qiziqqon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini o’ylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. Har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |