Kasblar klassifikasiyasi
Kasblar klassifikasiyasiga oid lug’atlarni ko’riladigan bo’lsa, u holda 7000 dan 35000 gacha kasblar mavjud ekanligi kuzatiladi. Psixologiyada ilmiy-amaliy vazifalarni yechish uchun bu kasblarni sistematizasiyalash, ularni qandaydir kasbiy va psixologik belgilarga ko’ra taqsimlash va qiyoslash kerak bo’ladi.
Ye.A.Klimov tomonidan “kasblarning to’rt xil daraja”si taklif etilgan.
Unga ko’ra, birinchi darajaga obyekt tizimini inobatga olib, besh xil toifadagi kasblar kiritilgan:
odam-tabiat (O-Ta) – agronom, mikrobiolog, ...;
odam-texnika(O-Te) – mexanik, operator, payvandchi, ...;
odam-odam(O-O) – vrach, o’qituvchi, sotuvchi, ...;
odam-belgilar sistemasi(O-Bs) – matematik, redaktor,...;
odam-badiiy obraz(O-Bo) – dirijyor, musavvir, artist, ....
Ikkinchi darajada mehnat maqsadiga ko’ra uchta toifa keltirilgan:
Gnostik (yunoncha, bilim) kasblar: degustator(O-Ta), nazoratchi(O-Te), sosiolog(O-O), korrektor(O-Bs), san’atshunos(O-Bo).
O’zgartiruvchi kasblar: cho’pon (O-Ta), payvandlovchi (O-Te), o’qituvchi (O-O), buxgalter (O-Bs), gul bezovchi (O-Bo).
Alohida kasblar: kuzatuvchi-uchuvchi (O-Ta), injener-konstruktor (O-Te), tarbiyachi (O-O), programmist (O-Bs), kompozitor (O-Bo).
Uchinchi darajada avvalgi darajadagi har bir kasb to’rtta alohidaga bo’linadi, bo’linishda esa mehnat qurollari aso etib olinadi:
Qo’l mehnatiga asoslangan kasblar - payvandlov ishlari nazoratchisi, ximiyaviy tahlil laboranti, veterinar, payvandchi;
Mashina va qo’l mehnati kasblari – tokar, avtomobil haydovchisi, ekskavator mashinisti;
Avtomatik sistemalarni qo’llaydigan kasblar – programmali boshqaruv stanogi operatori, aviadispetcher, El.tarmoq smenli operatori;
Mehnatda funksional vositalarga ko’ra kasblar – akterlar, akrobatlar.
To’rtinchi darajada mehnat sharoitiga ko’ra har bir guruhning o’ziga xos quyidagi belgilari ko’rinadi:
Normal sharoitda ishlaydiganlar – laborantlar, buxgalterlar;
Ochiq havoda ishlaydiganlar – agronom, montajchi, DAN xodimi;
Alohida noqulay sharoitda ishlaydiganlar – g’avvoslar, shaxtachilar, o’t o’chiruvchilar;
Ish sharoiti o’ta mas’uliyatli bo’lganlar – bolalar bog’chasi tarbiyachisi, o’qituvchi, tergovchi.
Mazkur klassifikasiya tufayli kasblarning umumiy sxemasi ko’rinadi. Bu o’z navbatida ko’p kasblar turli xarakteristikalariga xos ravishda bo’linishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |