O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
G. Shodmonova, N. D. Ibragimova R.Hojimuxamedova
“ Tarbiyaviy ishlar metodikasi
(Metodik qo’llanma)
TOShKENT - 2011
Mazkur qo’llanma bo’lajak pedagoglarni tarbiyaviy ishlar uslubiyotiga
oid bilimlar bilan qurollantirish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratini
shakllantirish masalasiga bag’ishlangan. Qo’llanma to`qqiz bobdan iborat
bo’lib, unda asosiy e’tibor tarbiyaviy ishlar uslubiyotining tamoyillari, vazifalari,
tarbiya usullari va shaxs rivojlanishining asosiy qonunlarini tahlil etishga,
axloqiy, estetik, ekologik va mehnat tarbiyasining o’ziga xos jihatlarini
o’rganishga hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan.
Qo’llanmada O’zbekistonlik pedagog olimlarining keyingi yillarda tarbiya
sohasida olib borayotgan pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari o’z aksini
topgan.
O’quv qo’llanma Toshkent Davlat pedagogika universiteti ilmiy kengash
qarori asosida chop etildi.
Taqrizchilar:
P.f.d., Sh.Xalilova – Toshkent Davlat Pedagogika universiteti.
P.f.n. dos. A.Muxsiyeva Toshkent Davlat Pedagogika universiteti.