3. Guruh rahbarining vazifalari va shaxsiy sifatlari.
Hozirgi davrda akademk litsey, kollej va undagi ukuv, tarbiya jamoa
oldiga juda katta ijtimoiy axamiyatga molik vazifalar kuyilmokda.
Akaedmik litsey yosh avlodning dunyokarashini tarkib toptirish,
goyaviy va siyosiy jixatdan chiniktirishi yuksak axlokiy fazilatga ega kilishi
mexnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni xal kilishda
gurux raxbari muxim rol uynaydi. Chunki u bir gurux sharoitida tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirishga karatilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.
Guruh rahbarning ko’p kirrali vazifasi «Ta’lim tugrisida» gi Konun va «Kadrlar
tayyorlash milliy Dasturi»da. «O’quv yurti ichki nizomlari» da bayon kilingan
bulib, unda akademik litsey, kollej direktoriga, tarbiyaviy ishlarning
tashkilotchilariga, ukituvchilarga, ota-onalarga va gurux raxbarlariga tavsiyalar
berilgan; akliy, axlokiy, mexnat, yestetik a jismoniy tarbiyaning vazifai va
mazmuni guruxlarga nisbatan moslashtirilgan.
Ana shunga kura gurux raxbari kuyidagi vazifalarni bajaradi:
O’ziga yuklatilgan guruxda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Bu vazifan bajarishda u yolg’iz emas. Shu guruxda dars dars berayotgan
turli fan ukituvchilari bilan yakin xamkorlikda va ularga suyangan xolda
ukuvchilarda dunyokarash asoslarini shakllantiradi, axlok tarbiyasini amalga
oshiradi. Kamolot tashkiloti xamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va
kundalik ishda yorda uyushtirib talabalar bilan darsdan tashkaridagi xilma-xil
ishlarni tashkil etadi va gurux jamoasini mustaxkamlaydi.
Ukuvchilarning birligiga bulgan kizikishini va qobiliyatini ustirish, har bir
ukuvchining individual –ruxiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga yunaltirish
– guruh rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir ukuvchining
sogligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
Guruh rahbarining diqqat markazida talabalarning yuqori darajada
uzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir talabaning
kundalik uzlashtirishidan voqif bulib turadi, orqada qolayotganlarga uz vaqtida
kechiktirmay yordam uyushtiradi.
Guruhdagi talabalarning uz-uzini boshkarish ishlarini yunaltiradi, ular
ishtirokida guruh jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi,
ukuv yurti mikyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda uz guruhining faol
qatnashishini ta’minlaydi.
Guruh talabalarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turair
joylardagi oila va uquv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin
aloqa urnatadi.
Guruh rahbari shu guruhda dars berayotgan barcha fan ukituvchilari
urtasida, ukuvchilari urtasida, ukuv yurti bilan oila urtasida talabalarga nisbatan
yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarkatib,
oila bilan ukuv yurti urtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
Guruh rahbari o’z guruhidagi turli hujjatlarning: guruh jurnali,
uo’quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va
hisobotlarni yuritadi.
Ko’rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffakiyatli hal
kilish guruh rahbarining shaxsiy sifatlariga ham boglikdir. Guruh rahbarlarining
shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar o’qituvchiga qo’yiladigan talablardan farq
qilmaydi. Lekin guruh rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza
oladigan shaxs bulganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib
ketishi bilan tarbiyada alohida o’rin egallaydi.
Tarbiyaviysh ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining
goyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bogliq.
Guruh rahbari o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu guruh rahbariga
bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga yot idealogiya va yomon
xulkning kirib borishiga karshi kurasha olishimkoniyatini bera oladi. Gurux
raxbarining axloqiy obrusi goyat darajada yuqori bulishi ham bu urinda muhimdir.
Gurux rahbari ana shundagina tarbiyaviyta’sir kuchiga ega buladi. Tarbiyachiningn
shaxsiy fazilatlari, ma’naviy kiyofasi ukuvchilar ongining va xulqining
shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Guruh rahbari uchun kasbiy malaka va
kunikmalarga ega bulishning uzi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi fukarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan xam
ta’sir o’tkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda kup sifatlarni chukur bilish, keng
fikr doirasi, ishga jon dildan kungi qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat,
muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik
namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning
bo’lishini takozo kiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi kushilsa ishda
muvaffakiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi gurux raxbarining
asosiy kurolidir. Guruh rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik
odob talablariga rioya kilish, har bir talaba shaxsini inson sifatida hurmat kilish
bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega
bulish, uz malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab
kilinadi. Muximi shundaki, guruh rahbarining uz bolalarda tarbiyalamokchi bulgan
goyaviy-axlokiy goyaga mos bulishi kerak. Tarbiyadagi oldiga kuyilayotgan
talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bulavermasligidadir.
Guruh rahbarining faol jamoatchi sifatida xamisha namuna kursatishi muxim
axamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan xam, kichiklar bilan
ham tez aloqa urnata olish qobiliyatiga ega bo’lishi, ro’y berayotgan hodisalarni
faqat pedagogik qoidalarga boglab baholashgina emas, balki ruy berish sababiga
qarab hukm ham chikarishi pedagogik optimizmga, ijod kilish qobiliyatiga ega
bulishi kerak.
Guruh rahbari uquv yurtidagi eng unievrchal pedagogik hisoblanib, u
bajaradigan mehnatning
uochovi,
chegarasi yuq. Uning bilmagan ishi uddasidan
chika olmaydigan sohasi bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda u begaraz, xolis va
ta’masiz shaxs bulib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Guruh rahbari pedagoglar, ota-
onalar va ukuvchilarni uzaro boglovi shaxs sifatida barcha tomonlarning nukai
nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro
aloqalarning to’gri bulishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozitsiyasini
anik ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Mana shu fazilatlar guruh rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini
oshirishga va uning muvaffakiyatini ta’minlashga garov buladi.
4.Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va mahorati
Guruh rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir. U o’zi rahbarlik
qilayotgan guruh o’quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o’quv yili davomida
nimalar qilish kerakligi, talabalar hayotining nima bilan band qilish va tanlangan
ish turini amalga oshirishini behato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni
uechadi. Bu borada guruh rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.Guruh
rahbarining ish stolida «Talabalarni tarbiyalash ishining mazmuni» bo’lishi kerak.
Chunonchi,
-dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish;
-siyosiy onglilikni tarbiyalash va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish,
-axloqli, ongli intizomni va xulq madaniyatini tarbiyalash;
-o’qishga ongli munosabatni tarbiyalash,bilish faolligini va aqliy
mehnat madaniyatini rivojlantirish
-mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash, politexnika
bilim doirasini kengaytirish, kasbni ongli tanlashga tayyorlash;
-o’z huquqini anglab yetishga o’rgatish,fuqarolik mas’uliyatini
tarbiyalash;
-estetik madaniyat asoslarini tarbiyalash va badiiy qobiliyatni
rivojlantirish;
-jismoniy barkamollik, salomatlikni, mustahkamlash va sanitariya-
gigiena madaniyati kabi muhim masalalar alohida qayd etiladi.
Guruh rahbarining pedagogik faoliyati va ma horarati o’quv faoliyatida
ham, o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedgogik malakalar
majmuidan tashkil topadi.
Xo’sh, tarbiyachining pedagogik mahorati,texnikasi qanday malakalarni o’z
ichiga oladi? Ularning pedagogik ta’sir ko’rsatishdagi roli qanday?
Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida pedagogning nutq
malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o’z fikr va his tuyg’ularini so’zda aniq
ifodalash malakalarini aytib o’tish mumkin.
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi guruh rahbarining mimkin va
pantomimik ifodaliligidir. Aniq imo – ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi
yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki
e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo’ladi.
Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda guruh rahbarining o’z hissiy holatini
boshqarish, o’zida eng qulay hissiy jiddiylik darajasini va umidbaxshlik,
xayrixohlik kayfiyatini saqlash, o’zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati
muhim rolь o’ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z – o’zini
nazorat qilishni ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida sog’lom asab sistemasini saqlab
qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zo’riqishdan o’zini tiyishga yordam
beradi.
Samarali o’zaro ta’sir ko’rsatishni tashkil tish uchun pedagog aktyorlik va
rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallashi zarur, ular pedagogga
tarbiyalanuvchilar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchilarning aql –
idorkigagina emas, balki ularning his tuyg’ulariga ham ta’sir ko’rsatishga
yordamlashadi.
Shunday qilib, guruh rahbarining pedagogik texnikasi – bu shunday bir
malakalar yig’indisidirki, u guruh rahbariga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib
turgan narsalar orqali ulaga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi.
A.S.Makraenko shularni nazarda tutib, «Trabiyachi tashkil etishni, yurishni,
hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishini bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi
kerakki, uning har biri harakati tarbiyalasin”, deb yozgan edi. Pedagogik texnikani
egallashning asosiy yo’llari pedagog rahbarligidagi mashg’ulotlar (pedagogik
texnikani o’rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan o’z – o’zini tarbiyalash)
dir. Pedagogik texnika malakalrining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga
olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z
– o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir pedagog shaxsiy fazilatlarini va
kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol’ o’ynaydi, deb
aytish mumkin.
Pedagogik texnik-malakalarini shakllantirishda gruppaviy ish olib borish
alohida rolь o’ynaydi. Pedagogik texnik mashg’ulotlarining bu shaklini batafsiliroq
ochib berish maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar pedagoglar uchun
muljallangan o’quv va metodik adabiyotlarda lozim darajada ko’rsatib berilmagan.
Guruh shaxsning o’z – o’zini bilish va o’z–o’zini tarbiyalash labaratoriyasi,
pedagogik vazifalarni hal qilishning yangi usullari tekshirib ko’riladigan, nazariy
masalalar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo’lib qolishi mumkin.
1
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo’lajak pedagoglar kasbiy
jihatdan birga ishlash malakalarini ishlash malakalarni egallashga faol intilishlari,
o’z – o’zini bilish va kasbiy jihatdan o’z –o’zini tarbiyalash bo’yicha chuqur ish
olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo’lishlari kerak.
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg’ulotlar boshlanishidan
oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim.
Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalri shakllanishining
boshlang’ich darajasini aniqlab olish zarur. Biroq tajribaning ko’rsatishicha,
odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu Bilan birga
dastlab avtomatlashtirlgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) ko’nikmalar haqida
ham borishi mumkin ekan. Bular masalan, nafas olish va ovozning tabiiy yo’lga
qo’yilishi, to’g’ri talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bo’lgan savodli,
ifodali nutq, mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bo’lishi mumkin. Bunday
ko’nikmalarning mavjudligi pedagogik texnika malaklarini shakllantirishni ancha
osonlashtiradi.
Oliy o’quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani
egallash guruh rahbariga o’zining kasb yo’nalishining boshlanishidayoq ko’pgina
xatolardan holi bo’lishda, talabalarga ta’lim tarbiya berishning yuksak
samaradorligiga erishishda yordam beradi.
Guruh rahbari vaziyatlarning haddan tashqari xilma – xilligi pedagogdan
ijodiy xulq – atvorni talab qiladi. Pedagogik texnika pedagog malakalarining eng
yaxshi ijodiy xulq atvoriga, boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik
vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko’rsatishga yordam beradi.
Pedagogik
texnika
malakalari
tarbiyachining
individual–shaxsiy
xususiyatlari bilan chambarchas bog’liqligi faqat bu malakalarning individual
tusda bo’lishi emas, balki ularning shakllanishi va rivojlanishi pedagog shaxsiga
ta’sir ko’rsatishda ham nomoyon bo’ladi.
2
Pedagogik texnikaning yana muhim xususiyatlaridan biri pedagogning
ma’naviy va estetik nuqtai nazarlari tarbiyalanuvchilarga yanada to’laroq ochib
beriladi. Agar pedagogning nutqi qashshoq va tartibsiz bo’lsa, agar u bo’lar
bo’lmas sabablar bilan o’z hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan omi
bo’lsa, u holda “eng to’g’ri” so’zlar ham, eng “kerakli” tadbirlar ham
tarbiyalanuvchilarning na aql – idrokiga, na hissiyotiga ta’sir qiladi.
1
Маhкамов М. «Бo’лажак тарбиячиларнинг педагогик мулоqат маданиятини шакллантириш” номзодлик
диссертацияси. Т., 2005.
2
Маhкамов М. «Бo’лажак тарбиячиларнинг педагогик мулоqат маданиятини шакллантириш” номзодлик
диссертацияси. Т., 2005.
Pedagogik texnika to’g’risida aytilganlarning hammasi har bir guruh rahbari
uchun bu texnikani tashkil etuvchi malakalarni egallash nihoyatda zarurligini ochiq
– oydin ko’rsatib turibdi va bu pedagogik vaziyat hamda san’at bilan bog’liq.
Chunki inson o’zining har bir qadamini oldindan ko’rishi, rejalashtirishi amalda
mumkin bo’lmaydi. Guruh rahbari ning mehnati – bu behad izlanish va azob –
uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni, ko’pdan ko’p kundalik
ishlar, hafsalasi pir bo’lish va shaxslar birgalikda boshdan kechirilgan
quvonchdan qanoat hosil qilishdir. Pedagogk san’at – bu qandaydir qul bilan tutib
bo’lmaydigan, fahm – farosat bilan amalga oshiriladigan mahorat mahsulidi.
Xo’sh, pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topadi?
Pedagogik mahorat fahm – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy,
tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlikning,
shaxslar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif
bo’lgan shaxs shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy
dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda
pedagogik texnika sohasidagi malakalr ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch
sarflab, ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi
shunga olib keladiki, pedagoglarning har biri o’zicha, paypslab ijodiy izlanish olib
boadi, Ayni bir xil savollarni: shaxslar bilan, pedagoglar jamoai bilan qanday
qilib til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida tarbiyalanuvchilar
o’rtasidagi
munosabatlarning
haqqoniy
manzarasiga
erishmoq
kerak?
Tarbiyalanuvchilarni pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish
mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik ruhiyatni saqlab qolish va o’z kuch –
qo’vvatini oqilona sarflash mumkin? Degan savollarni muttasil takrorlaydi va
hakoza.
Bu kabi savollarga javob berish uchun pedagogdan odatdan tashqari kuch –
g’ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlar olib boirishga intilishni, yangi
vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to’g’rilik va halollikni,
o’tkir aql idrokni, o’z topilmalarining qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi.
Pedagogika fani bilan tarbiya san’atining o’zviy aloqadorligi zarurki, u yuksak
kasb mahoratini ta’minlaydi.
Pedagogika fikrlashga o’rgatadi, murakkab pedagogik muammolarni hal
qilish uchun to’g’ri yo’l yo’riq va ilmiy asoslangan yo’llarni ko’rsatadi,
pedagogning pedagogik ta’sir ko’rsatish metodikasi va texnikasi bilan
qurollantiradi. Biroq texnikaning tarkibiy qismlari bilan mahorat o’rtasidagi
nisbatning dialektik muammolarini to’g’ri hal qilish uchun tayyor andazalar,
mutloqo aniq tavsiyalar qaerda bo’lishi mumkin, qaerda bo’lishi mumkin emas,
degan savolga javob berishi mumkin.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek,
tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab
bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto
strategik maqsadlari) bor. Talabaning rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri,
harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda
turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish
bo’lmaydi.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo
tahlil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog’liq
bo’ladi va alohida tarzdi amalga oshirilmaydi. Maqsadni amlga oshirish usuli –
bo’lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo’yish
uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo’llanilgan har qanday
vosita natija beradi, hatto biror sababga ko’ra maqsad aniq ifodalanmagan bo’lsa
ham natija bervermaydi.
Tajribada mavjud bo’lgan pedagogik vositalarni ikkitasini ko’rib chiqamiz.
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar,
usullar, shartlar Bilan bog’liq bo’ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan
bosqichida ta’sir ko’rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag’batlantirish bir
xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to’siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy
hissiyotlarning turli – tuman ko’irinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo’llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin
bo’lgan o’zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo’ladi. jamoa
muomala sharoitida vositalarni qo’llash minut sayin o’zgarib turadigan vaziyatni
hisobga olish zarurligini taqazo qiladi.
Hozircha biz ko’proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy
faoliyatda esa vositalar, maqsadlar va natijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat
turli – tuman ehtiyojlar va da’volarning avj olishi bilan to’la bo’ladiki, bu barcha
jonli manzara doimo bir kishining – pedagog tarbiyachining diqqat markazida
bo’lishi lozim.
Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy
ko’rinishlari – talabalarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning
birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo’lish, uni hurmat qilishdan iborat
bo’lishi mumkin.
Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz talaba ham o’zida ko’pgina
ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o’ziga talabalar haqidagi, ularning psixologiyasi
to’g’risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish
va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni
egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, eski usuldan, bir
qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi.
Biroq zamonaviy guruh rahbariga birgina umumiy madaniyatning o’zi
kifoya qilmaydi – maxsus bilimlar va malakalar: talabalarni kuzatish, ularning
o’sishidagi muhim narsalarni aniqlay olish, bu muhim narsalarni jamiyatda
vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish
yo’llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish
usullarining o’zaro bir – biriga o’tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik
izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur
bo’ladi.
Guruh rahbari yangi tajribalarni o’rganar ekan, o’zining hayotiy bilmini, his
etgan va anglagan narsalarini, o’z tajribasini aslo kamsitmasligi kerak. Guruh
rahbarni keng va dadil tajribachilik ishlariga yo’llash zarur.
Demak, guruh rahbarining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar
yig’indisidirki, u guruh rahbariga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan
narsalar orqali ularga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Talabalar
bilan bevosita muomala qilishda guruh rahbarining xuddi ana shu malakalari (yoki
ularning yo’qligi) uning xulq atvorida namoyon bo’ladi.
Guruh rahbarining pedagogik mahorati bu tarbiyachining fahm – farosat va
bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan
nufuzli rahbarlikning, talabalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki
dunyosi nozik va zaif bo’lgan talaba shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi,
donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat
majmuasidir.
Pedagogik texnika, mahorat, san’at, pedagogik malakalar, pedagogik
vaziyatlar, maqsad, o’z – o’zini tarbiyalash, moxirlik, tashkilotchilik, aktyorlik,
rejissyorlik,
mimika,
pantomimika,
savodli
gapirish,
ma’noli qarash,
rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, pedgogik ta’sir ko’rsatish.
Guruh rahbari noxoyatda ma’sulyatli va murakkab vazifani bajaradi.
U guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi,
guruxni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng
jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So’nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va
metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda
o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining guruh
raxbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini
yaratish borasidagi ish uslublarini xar tomonlama keng joriy qilish va
metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida
o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko’yilgan, bu esa ayni vaqtda
har bir guruh rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib.
Alohida guruh birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Alohida guruh
jamoalari ko’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun
o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan
guruh rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida raxbarlik ma’suliyatidan kam
emas. Shuning uchun o’quv yurti direktorlari gurux rahbari vazifasiga
tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan
o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biribu talabaning o’qishga
bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga
bo’lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir
o’quvchining bo’lg’usi hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning
salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning gurux
jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam
ko’rsatish gurux rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
|