Zbekiston respublikasi


K r e m n i y k a r b i d i (SiC) –



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə19/31
tarix04.04.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#54715
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Mavzu Donar va Akseptor aralashmali yarimo`tkazgichlar mavzusin

K r e m n i y k a r b i d i (SiC) – tok kuchi va kuchlanish o‘rtasida chiziqli bo‘lmagan bog‘liqlik yaqqol kuzatiladigan polikristall tuzilishli mo‘rt material hisoblanadi. Kremniy karbidi kremniy va uglerodning ximiyaviy qo‘shilishi hisobiga hosil bo‘ladi.

Kremniy karbidini olishda xom ashyo vazifasini toza kvartsli qum va toshli ko‘mir o‘taydi. U yoki bu tipdagi aralashmali elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lish uchun, asosiy tarkibga aralashmalar, jumladan — fosfor, surma, vismut yoki kalsiy, magniy, alyuminiy va boshqalar qo‘shiladi. Karbidni hosil qilish reaksiyasi 2000°C da amalga oshiriladi.

Fosfor, surma yoki vismut bilan legirlangan kremniy karbidi to‘q yashil rangda bo‘ladi va p – tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka, kalsiy, alyuminiy yoki bor bilan legirlanganda esa to‘q binafsha rangda bo‘lib, n– tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Kremniy karbidining asosiy xarakteristikalari quyidagicha buladi. (20°C havo sharoitida): zichligi 3200 kg/m3; ρ=104÷107 Om·sm; ε=6,5÷7,5. Uning solishtirma qarshiligi tarkibiga kuchli darajada bog‘liq. Kremniy karbidi aralashmali yarim o‘tkazgich hisoblanadi, lekin 1400°C haroratda unda xususiy elektr o‘tkazuvchanlik namoyon bo‘ladi. Erish harorati 2600°C ga teng. Kremniy karbidning toza navlaridan —50 dan to + 80°C harorat intervallarida ishlay oladigan, chiziqli bo‘lmagan simmetrik volt-amper xarakteristikasiga ega bo‘lgan varistorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Varistorlar avtomatik tarzda to‘g‘rilaydigan (regulirovka qiladigan) qurilmalarda ishlatiladi.

Polikristall kremniy karbididan inert gazda haydash yo‘li bilan ximiyaviy jihatdan tozaligi bilan ajralib turuvchi monokristalli kremniy karbidi olinadi. Undan 500°C gacha bo‘lgan haroratlarda ham ishlay oladigan diod va tranzistorlar, shu bilan birgalikda svetodiodlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin