Darsning maqsadi: O’quvchilarga Rasmlarga qarab, ulardan qaysilari alohida shaxsga, qaysilari davlatga tegishli ekanligini ayting. Ulardan qaysilari ham alohida shaxsga, ham davlatga tegishli bo‘lishi mumkinligini, Javobni asoslash, Siz kundalik hayotingizda davlatning ta’sirini qay tariqa sezishini,Umuman, davlatsiz hayot qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘rish, Bu holda siz qanday burch va mas’uliyatlardan xoli bo‘lar edingiz va qanday muammolarga duch kelar edingiz? degan savollarga,“Davlat” bilan “jamiyat” bir xil yoki farqli tushunchalarmi, Bu tushunchalardan qaysi biri kengroq ekanligini, Nima uchun biz “bizning davlatimiz” degan iborani ishlatishimizni tushuntirib berish
Ta’limiy: O’quvchilarga mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish ko’p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyatiga bog’liq.Huquqiy madaniyat inson madaniyatining ajralmas bo’lagi.Davlat mustaqilligi jamiyatimizning huquqiy uyg’onish davrini boshlab berdi.Bugungi kunda huquqshunoslik fani umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar ichida etakchi o’rinni egallaydi.Bugungi mavzuning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, O’quvchilar Huquqni muhofaza qiluvchi dalat organlari haqida kengroq tushuncha olishidan iborat
Tarbiyaviy: Dars jarayonida o’qituvchining mazkur mavzu yuzasidan olib boradigan ta’limiy ilmiy –nazariy va amaliy faoliyati majmui natijasida o’quvchilar tarbiyasiga kompleks yondashgan holda ularda Prezident I.A.Karimovning tarbiya bobida qayd etib o’tgan korsatmalari o’z yechimimi topishini taqozo etadi.