OK asosiy ulanish sxemalari. OKlarda doim chiziqli yoki nochiziqli zanjir
ko‘rinishidagi chuqur manfiy teskari aloqa bajarilgan bo‘ladi. MTA xossalari OK
asosida turli analog va impuls elektron quurilmalar yaratish imkonini beradi.
Bunday sxemalarni ishlash prinsipini tushunish va ularni taxminiy tahlil qilish
uchun
ideal operatsion kuchaytirgich tushunchasi kiritiladi. Ideal operatsion
kuchaytirgich quyidagi xossalarga ega bo‘ladi:
a) kuchlanish bo‘yicha cheksiz katta differensial kuchaytirish koeffitsiyenti
KU0 ;
b) nol siljish kuchlanishining nolga tengligi
USIL , ya’ni kirish signallari bir –
biriga teng bo‘lganda, chiqish kuchlanishi nolga teng bo‘ladi; demak, OK kirish
potensiallari doim bir – biriga teng;
v) kirish toklari nolga teng;
g) chiqish qarshiligi nolga teng;
d) sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsiyenti nolga teng.
OKning invers ulanishi. Invers ulanishda OKning inverslamaydigan kirishi
umumiy shina bilan ulanadi (5 - rasm).
;
;
Real OK uchun bu formulaning qo‘llanilishi kuchaytirish koeffitsiyentini
hisoblashda xatolikllarga olib keladi. OKning
KU0 va
RKIR0 qancha katta bo‘lsa,
bu formuladan foydalanish shuncha kichik xatolik beradi. Shunday qilib,
KU0 =103,
R1 =1 kOm,
R2 =100 kOm va
RKIR0 =10 kOm bo‘lsa, kuchaytirish
koeffitsiyentini aniqlashdagi xatolik 9 % ni tashkil etadi,
KU0 =105 (qolgan
kattaliklar o‘zgarishsiz) bo‘lganda - 0,1 % dan kichik.
Kuchaytirgichning chiqish kuchlanishlari kirishga nisbatan teskari fazada bo‘ladi.
Bu sxemaning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti rezistor
qarshiliklarining nisbatlariga bog‘liq ravishda birdan katta ham, kichik ham
bo‘lishi mumkin va deyarli barqaror bo‘ladi.
5– rasm