1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma'lumot.
2.“O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.
3.O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar bo'yicha samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlarni oshirishda O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasining o'rni.
Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo'nalishiga qarab ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korruptsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi quyidagi halqaro reyting va indekslarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas'ul etib belgilangan.

Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo'yicha davlat organlari tomonidan e'lon qilingan ochiq ma'lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o'zining rasmiy veb saytlarida e'lon qilib boradi.
2020 yilgi reyting natijalariga ko'ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar qatorida ko'rish mumkin. Indikatorlar bo'yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini ta'minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) dunyoda yetakchilik qiladi. Umr ko'rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta'lim yillari 18.1 yil, o'rtacha ta'lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 68 059.0 AQSh dollari bo'lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 2001 yildan beri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib kelmoqda.
So'nggi reyting natijalariga ko'ra, O'zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga ko'ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo'lmagan davlatlar, Inson kamoloti indeksi bo'yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin oldi. O'zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o'rnini quyidagi ikki yo'nalish bo'yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko'rsatkichining o'zgarishi: Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo'nalishning 9 tasida (to'lovga qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud faoliyati samaradorligi ko'rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo'nalish (qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o'rin, kutilayotgan ta'lim yillarida 128-o'rin va aholi jon boshiga YaMDda 126-o'rin) indikatori juda past ko'rsatkich sifatida baholangan
O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini oshirish bo'yicha keyingi rejalar