Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Bemorlarni yashash joyiga yuborish



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
25.04.1997 (1)

191-modda. Bemorlarni yashash joyiga yuborish 
Bemorlar yashash joyiga qarindoshlari yoki vasiylari yoxud tibbiy xodimlar kuzatuvida 
yuboriladi. 
Bemorning yashash joyigacha yetib borish, kuzatuvchi shaxsning esa, borish-kelish 
xarajatlari davlat hisobidan to‘lanadi. 
192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini 
ta’minlash 
Bemorlar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi 
(bo‘linmasi) doirasidan tashqariga o‘zboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida 
nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi. 
Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qo‘riqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-
psixiatriya ekspertizasi bo‘linmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — 
ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy 
qarshilik ko‘rsatgan taqdirda unga nisbatan qo‘lkishan, bog‘lash vositalari va boshqa maxsus 
vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qo‘llanilishi mumkin 
(192-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


193-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolash o‘tkazilishi ustidan 
nazorat 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida (bo‘linmalarida) majburiy davolash o‘tkazilishi ustidan 
nazorat sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(193-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 
41-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin