194-modda. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka
yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(194-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ”. 34-BOB. VOYAGA YETMAGAN ShAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV ChORALARINI QO‘LLASh 195-modda. Jabrlanuvchidan uzr so‘rash Voyaga yetmagan shaxs jabrlanuvchidan og‘zaki yoki yozma ravishda, ko‘pchilikning
oldida yoki yakka tartibda uzr so‘raydi.
Uzr so‘rash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi.
Uzr so‘rash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi to‘g‘risida
tegishli hujjat tuziladi.
196-modda. Etkazilgan zararni to‘lash yoki bartaraf etish Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni o‘z mablag‘lari hisobidan yoki o‘z mehnati
bilan to‘lashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga
oshiriladi.
Etkazilgan zararni o‘z mablag‘lari hisobidan yoki o‘z mehnati bilan to‘lash yoxud bartaraf
etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi to‘g‘risida tegishli hujjat
tuziladi.