78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari olishi va yuborishi Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib
kelgan kundan boshlab posilka, yo‘qlov va banderol olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Posilka,
yo‘qlov va banderollar ko‘zdan kechiriladi.
Bitta posilka yoki banderolning og‘irligi pochta qoidalarida belgilab qo‘yilgan normadan,
yo‘qlovning og‘irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas.
Olinadigan posilka, yo‘qlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining
tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida
bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj
deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy
xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar
olishiga ruxsat etiladi.
(78-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul
jo‘natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi. Mahkumlar o‘zlariga yaqin
qarindosh bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro
etish muassasasi ma’muriyatining ruxsati bilan pul jo‘natmalari yuborishlari mumkin.
Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalarini olishi hamda
yuborishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 204 – 227-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.).