Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə54/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O’zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo’lib o’tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o’tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo’lib o’tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o’tkazilgan.
Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda Fransiya Tashqi ishlar vazirlari L.Fabiusning 2013-yil mart oyida va J.-M.Eroning 2017-yil aprel oyida O’zbekistonga amalga oshirilgan tashriflari hamda 2012-yil oktyabr, 2014-yil noyabr va 2017-yil mart oylarida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilovning Fransiyaga tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikki davlat Tashi ishlar vazirliklari o’rtasidagi 10 ta siyosiy maslahatlashuvlar bo’lib o’tgan. Oxirgisi 2017-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o’tkazildi.
2008-yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi tuzildi, 2010-yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O’zbekiston – Fransiya» do’stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Fransiya Senatida «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyasida «Fransiya – Markaziy Osiyo» do’stlik guruhlari faoliyat yuritmoqda.
2008-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) hamda Fransiyaning inson huquqlari himoyachisi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2017-yil yakunlari bo’yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 251,6 mln. AQSh doll. tashkil etdi.
Fransiyada Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o’rganish Assosiasiyasi hamda «Avisenna – Fransiya» Assosiasiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
O’zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy o’quv yurtlari o’rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.

Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin