26
Sofistlar o‘z ijodlarida ko‘proq axloqiy, siyosiy,
huquqiy sohalar bilan
shug‘ullanishgan. Sofistlarga zamonaviy jihatdan yondashadigan bo‘lsak,
ular bir vaqtning o‘zida muallif, jurnalist, yozuvchi,
shoir umuman ziyoli
kishilar bo‘lganlar. Ular ko‘proq bahslashishni olg‘a surib, haqiqatga
erishmoqchi bo‘lganlar. Sofistlar narsa va hodisalarni aqliy (ratsional)
dalillash san’atidan foydalanib asoslashga harakat qilganlar. Sofistlar
munozara va muzokarada foydalanish mumkin bo‘lgan ayyorlik va
mug‘ombirlik, makkorlik usullaridan foydalanib borliqni tushuntirganlar.
Shu holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning
yirik vakillari Gorgiy,
Frasimax va Protogorlardir.
Gorgiy
taxminan miloddan avvalgi 483-374 yillarda yashagan. U
mashhur notiq edi. Uning “Tabiat to‘g‘risidagi yoki mavjud bo‘lmagan narsa
to‘g‘risida” nomli asari bo‘lgan.
Qadimiy falsafa sohasidagi ijodkorlardan yana biri
Dostları ilə paylaş: