34
Fransua Aruyening taxallusi Volterdir. Parij teatrining sahnalarida “Edip”
tragediyasi shon-shuhrat keltirgandan so‘ng, ya’ni 1718
yildan boshlab shu
taxallusni olgan. Volter notarius oilasida tug‘ildi. Oilasi o‘sha davrdagi
aristokratlar davrasida yaxshi mavqega ega edi. “Kryostniy”- o‘gay otasi uni
yoshligidan boshlab erkin fikrlashga o‘rgatdi. Kollejda ta’lim oldirdi, lekin u
otasi orzu qilgan yo‘ldan bormadi. Natijada moddiy tomondan o‘g‘ilni otasi
qo‘llab-quvvatlamadi. Turmush tarzini yaxshilash maqsadida moliyaviy
ishlarda qatnashdi. Bu bilan o‘zining ijtimoiy va ijodiy faoliyatini ham
yo‘lga qo‘ydi. Shaxsiy faoliyat
natijasida, kundalik hayotda boylar sinfining
feodal tuzumi bilan kelisha olmasligini seza boshlaydi. Shu bilan birga, diniy
faoliyat sir-asrorlari bilan yaqindan tanishadi. Kelajakda o‘z davridagi feodal
tuzum va diniy fanatizmga qarshi kurash boshlab yuboradi. Siyosiy erkinlik
g‘oyasini xalq ommasi o‘rtasida tinmay targ‘ib qiladi.
Bu faoliyat hukmron
doiralarida qoralanib, ikki marta (1717,1725) qamaladi. Angliyada surgunda
(1726) bo‘ladi. Umrining talaygina qismini surgunlikda o‘tkazadi. Angliyada
surgun bo‘lgan davrida, u mamlakatning madaniyati,
ijtimoiy hayoti bilan
yaqindan tanishadi. Fransiya hayoti bilan Angliya hayotini solishtirib
ko‘radi. Bu esa Volter faoliyatini revolyutsionlashtiradi. Yirik asarlar yoza
boshlaydi: “Faylasufning maktublari” (1733), “Metafizika to‘g‘risidagi
traktat” (1734), “Nyuton falsafasining asoslari” (1738), “Falsafa lug‘ati”
(1764-690), “Johil faylasuf” (1760), lirika, she’r, poema, drammalaridan:
“Genriada”, “Brut”, “Orlean qizi”, “Sezarning o‘limi” va boshqalar. Bu
asarlarning barchasida Volter o‘z davrining buyuk ma’rifatparvari-ijodkori
sifatida gavdalandi. Uning bu faoliyati, ayniqsa, Rossiyada ijobiy baholandi.
Uning ta’limoti Rossiyada volterchilik oqimining kelib chiqishiga asos
bo‘ldi. Volter faoliyatining ta’sirida rus ma’rifatparvarlari: P. P. Popovskiy,
S. E. Dosnitskiy, D. S. Anichkov, I. Ya.
Tretyakov, A. Ya. Polenov, Ya. P.
Kozelskiy, N. I. Novikov, D. I. Fonvizinlar ijtimoiy-siyosiy maydonga
chiqqanlar. Bu mutafakkirlar Rossiyadagi feodal krepostnoy tuzumga qarshi
faoliyat ko‘rsatganlar.
1778 yil 30 may kuni davolab bo‘lmaydigan kasal Volter hayotini
to‘xtatdi. Politsiya uning o‘limini oshkor qilmaslik choralarini ko‘radi.
35
Pe’salarini teatrlarda qo‘ydirmaydi. Baribir, Volterni xalq esdan
chiqarmaydi. Cherkov va hokimiyat ruxsatisiz Parij yaqinidagi qabristonda
dafn marosimi uyushtiriladi. Uning tirikligida 19 ta asarlar to‘plami nashr
qilingan bo‘lsa, vafotidan so‘ng 70 tomlik to‘la asarlar to‘plami nashr etildi.
1791 yilda ta’sis majlisining qarori bilan
uning jasadi solingan tobuti
Parijning ulug‘ insonlar qabri Panteonda joylashtiriladi. U qo‘yilgan joyda
insoniyatning aqlini rivojlantirishga qo‘shgan ijodiy xizmatlari e’tirof etilib,
mavqei haqida fikrlar yozilib qoldirilgan.
Volter materializmning deizm shaklini qabul qilgan faylasufdir.
Ma’lumki, deizm so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, xudo degan ma’noni
anglatadi. Ya’ni, bu so‘zning falsafiy ma’nosi borliqning qiyofasi va
mavhum ilk sababchisi xudodir, lekin u tabiiy va ijtimoiy hayot taraqqiyotiga
ta’sir etmaydi, deb hisoblaydigan diniy-falsafiy ta’limot sifatida shakllangan.
Uning asoschisi ingliz faylasufi Cherberidir. Volter uning izdoshlaridan biri.
Volter ko‘pgina diniy aqidalar, vahiy, xudoning irodasi
tasavvurlarini,
marosimlarni inkor etib, vijdon erkinligini targ‘ib qilgan ijodkor. U fan va
falsafani cherkov zo‘ravonligidan, aqlni din tazyiqidan uzoqlashtirishga
harakat qildi. Bu o‘rinda Volter, J. Lokk, I. Nyuton, G. V. Leybnitsning
faylasuflik ijodlarini himoya qildi. Sub’yektiv idealizmga qarshi chiqib,
uning barcha tomonlarini tanqid qildi. Agnostitsizmni qo‘llab-quvvatlamadi.
Metafizik qarashlarning falsafadagi zararini
anglab bu uslubni ham tanqid
qildi. Metafizikani tanqid qilishda u
Dostları ilə paylaş: