123
taraqqiyotning ma’lum sub’yekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Unutmaslik kerakki, dalillar egasi bo‘lgan sub’yekt va ob’yekt qarama-
qarshi tomonlarni tashkil etadi. Qarama-qarshi tomonlar dalilning ichki va
tashqi tomonidir, dialektikasidir. Dalillar o‘z faoliyati paydo bo‘lishi bilan
ham qarama-qarshi fikrlar majmuasidan iboratdir.
Qarama-qarshi tomonlar hal etilsa, sub’yekt tomonidan dalillarga
erishiladi. Sub’yektning ijodiy harakatining natijasi dalillarning paydo
bo‘lishidir. Sub’yekt va ob’yekt hodisa va narsalar umumiy harakatining,
tomonlarining bir qismidir. Narsalar sub’yektsiz, jonsiz tabiatlidir. Tabiat va
jamiyatni o‘zgartirish sub’yekt dalillariga bog‘liqdir. Ma’lumki, jamiyat o‘z
qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Unga: ongga, irodaga ega bo‘lgan, o‘z
oldiga dalillar to‘playdigan insonlar kiradi. Ba’zi ob’yektlarda esa iroda ham,
ong ham, maqsad ham yo‘q. Demak, sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasida
ziddiyatlar dalillar asosida hal etiladi, bartaraf qilinadi. Natijada ob’yektlar
ilmiy izlanish, ijod jarayonida sub’yekt faoliyatining dalil to‘plash
qurollariga aylanadilar. Shu asosda sub’yekt faoliyatiga kirib boradi. Demak,
sub’yekt va ob’yekt ilmiy izlanish, dalil to‘plash jarayonida diplomatik
munosabatni tashkil etadilar.
Sub’yektning (insonning) yordamchilarisiz hozirgi zamonni tasavvur
qilish qiyin. Insonning yordamchilarini esa sun’iy jihozlar, komp’yuterlar,
hisoblash mashinalari, turli moslamalar, asbob uskunalar tashkil etadi.
Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsullari ob’yektlar sifatida ular bilan
inson o‘zaro ta’sirga kirishishi yordamida muhim dalillarni paydo qiladi.
Oxir oqibat esa sub’yekt ob’yektni dalillar asosida o‘zgartirib, o‘zlashtirib
oladi, o‘z maqsadlariga muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga sub’yektning o‘zi
ham bilim bilan boyiydi, nisbatan dunyoqarashini o‘zgartiradi. Yangi
maqsadlarni topadi va uni bajarish uchun yangi dalillar izlaydi.
Dostları ilə paylaş: