«Zigzag» metodi Sinf o`quvchilari 7ta guruhga bo`linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O`quvchilar matnlarni diqqat bilan o`rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to`ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o`quvchilari o`zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so`zlab berganlaridan so`ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o`rganib chiqilgach o`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o`zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So`ngra o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`quvchilarning o`zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.