“ZiyoMax” o’quv markazi
web:ziyomax.uz
Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz
Umurov FERUZ Faxriddinovich
“ZiyoMax” o’quv markazi
web:ziyomax.uz
Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz
Umurov FERUZ Faxriddinovich
FONETIKA
1. Fonetika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib yunoncha so’zdan olingan fone- tovush,
tika- quti yani tovushlar qutisi ma’nisini ifodalaydi.
2. Og’zaki nutqning tovushlar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi.
3. Bu bo’limda nutq tovushlari ularning tasnifi, bo’g’in, urg’u, fonetik hodisalar
va ularning
turlari o’rganiladi.
NUTQ TOVUSHLARI HAQIDA MA’LUMOT
1. Ma’lumki tovushlar 2 xil bo’ladi:
a)
tabiiy tovushlari
b)
inson nutq tovushlari
2. Tabiatdagi insondan tashqari paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar deyiladi.
3. Inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda talaffuz qilingan tovushlar esa
nutq tovushlari deyiladi.
4. Og’zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan qismiga nutq
tovushlari deyiladi.
5. Nutq tovushlarining 3 tomoni mavjud.
a)
Akustik tomoni- bunda
tovushning balandligi, tezligi, miqdori, kuchi, tembri tushuniladi-
Fizika fani bilan bog’liq
b)
Talaffuz tomoni- bu
Fiziologiya bilan bog’liq
c)
Vazifaviy tomoni- bu
Tilshunoslik bilan aloqador. Shuning uchun lingvistik belgi deb ham
nomlanadi.
6. Nutq tovushining asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlashdir.
M-n: qar
z-qar
s - bunda ma’no farqlash uchun jarangli va jarangsiz undoshlar
xizmat qilyapti
7. Nutq tovushlari o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida ma’lum bir
to’siqqa uchrash uchramasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi.
a)
unli tovushlar
b)
undosh tovushlar