Zligi. Energetika xavfsiz


Uzoq muddatli istiqbolda (2030-yilgacha)



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/5
tarix21.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#188018
1   2   3   4   5
7-mavzu

Uzoq muddatli istiqbolda (2030-yilgacha)
13. Suyuq va gazsimon uglevodorodlar zaxiralarini, shu jumladan,
geologiya-qidiruv ishlarining yangi texnologiyalarini joriy etish hisobiga chuqur qatlamlar zaxiralarining zarur o’sishini ta‘minlash.
14. Yangi konlarni o’zlashtirish, qazib olish va nobudgarchiliklarni kamaytirishning yuqoriroq darajasini ta‘minlaydigan qazib olishning yangi texnologiyalarini joriy etish orqali uglevodorod xomashyo qazib olish obyektlarining texnologik infratuzilmasini modernizatsiyalash jarayonlarini tezlashtirish.
15. Energiya hosil qiluvchi energetika quvvatlarini modernizatsiyalash va kengaytirish, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarining elektr ta‘minoti ishonchliligi va samaradorligini ta‘minlaydigan elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish.
16. Ishlab chiqariladigan mahsulotni diversifikatsiyalash imkonini beradigan uglevodorodlarni qayta ishlash bo’yicha ilg’or texnologiyalarni joriy etish, turdosh ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni ta‘minlab, uning sifat tavsiflarini yaxshilash (gaz-kimyo mahsulotlarining yangi turlarini kengaytirish va o’zlashtirish bo’yicha loyihalar va shu kabilar).
17. Energiyaning tiklanadigan manbalari ulushini, shu jumladan, gidroenergiya, ko’mir yoqilg’isi, yoqilg’ining noan‘anaviy turlari, atom energiyasi ulushini ko’paytirish yo’nalishida umumiy energetik balansni diversifikatsiyalash yo’nalishlarini o’z ichiga oluvchi yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning kombinatsiyalashtirilgan texnologiyalarini qo’llash, ikkilamchi energiya resurslarini energetik utilizatsiya qilish hisobiga uglevodorod xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirish.
18. Markaziy Osiyoning energetika balansida O’zbekistonning mavqYIni mustahkamlash, suvni iste‘mol qilishning resurs samaradorligi modeliga o’tish va umuman iqtisodiyotning energiya jihatidan samaradorligini oshirish, xususan:

  • kichik derivatsion GESlar va yordamchi infratuzilmani qurish;

  • quyosh, shamol yoki biochiqindilar singari energiyaning tiklanadigan manbalaridan generatsiyalashtiruvchi issiqlik yoki elektr stansiyalari qurish;

  • uning hisobiga elektr energiyasiga ichki talab qondiriladigan Markaziy Osiyoda suv-energetika konsorsiumi yaratish ishlari;

  • Atom energetikasida loyihalarni rivojlantirish (Rossiya, Fransiya va Xitoy bilan birgalikda);

  • energiyani sanoat yo’li bilan saqlash tizimini ishlab chiqish;

  • elektr generatsiyasini markazlashtirishdan chiqarish
    tizimini joriy etish (Smart Grid);

  • qo’shilgan qiymat ulushi yuqori bo’lgan
    samarali va barqaror energetika tizimini yaratish;

  • energiyaning tiklanadigan manbalari va atom energetika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

  • asbob-uskunalar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishining salmoqli darajasi va energiyaning tiklanadigan manbalarini texnologik rivojlantirish. O’zbekistonning elektroenergetika tarmog’ida xalqaro kompaniyalar paydo bo’ladi.

Energetik xavfsizlik holati va uning tarkibiga kiruvchi ko’rsatkichlarning belgilangan me‘yorlarga mosligini doimiy monitoring qilib borish zarur, belgilangan me‘yorlardan chetga chiqish holatlari aniqlansa, tezkor chora-tadbirlar ko’rilishi talab etiladi. Texnologik jihatdan energiya resurslarini qazib olish, ularni qayta ishlash va shu bilan bir qatorda ularni tashish, sotish va iste‘molini yo’lga qo’yish borasidagi keng qamrovli jarayonlarni takomillashtirib borish hisobiga energetika xavfsizligi ta‘minlanadi. Har bir bosqichda tabiat bilan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsifga ega bo’lgan intensiv aloqalarga kirishiladi va inson-tabiat o’rtasidagi aloqalarning yangi qirralari yuzaga chiqa boradi.
2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta‘minlash hamda ―Yashil iqtisodiyot‖ texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar belgilangan:
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko’rsatkichini qo’shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish;

  • 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash;

  • O’zbekiston energetika tizimining qo’shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta‘minlash;

  • sanoat tarmoqlarida yo’qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;

  • elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo’yicha choralarni ko’rish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish.




Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin