5-mavzu yarimo‘tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari. Qattiq
o‘tkazuvchanlik elektronlari yoki
erkin zaryad tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona
valent zona deb ataladi.
Absolyut nol temperaturada (0 K) yarim o‘tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar
elektronlar bilan to‘lgan, o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‘ladi.
Absolyut noldan farqli temperaturalarda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftliklarining
generatsiya va rekombinatsiyasi hamda kiritmalar atomlarining ionlashuvi va neytrallashuvi sodir
bo‘ladi. Bunda elektronlar
W energiyali u yoki bu energetik sathlarni egallaydilar. Muvozanat
holatda (
T =const) o‘tkazuvchanlik elektronlari va kovaklarining o‘zgarmas konsentratsiyalari
yuzaga keladi.
5.2-rasmda metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari
keltirilgan.
Metallarda o‘tkazuvchanlik zonasi valent zonasiga kirishib ketgan bo‘ladi. Dielektriklarda
esa ta’qiqlangan zona kengligi bir necha elektron- voltni (elektron – volt, bu elektron 1 V
potensiallar farqidan olgan energiyasi) tashkil etadi. Eng keng qo‘llaniladigan yarim
o‘tkazgichlarning taqiqlangan zona kengligi 0,5(2,5 eV ni tashkil etadi.
5.2 - rasm. Metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari
Energetik sathlarning egallanganlik holati kristallarning elektr o‘tkazuvchanligida
namoyon bo‘ladi. Tashqi man’ba hisobiga kristallda elektr tokni yuzaga keltirish uchun elektr
maydon hosil qilinadi. Bu maydon elektronlarni tezlatadi va ularni energiyasini oshiradi. Zona
diagrammasi tilida bu jarayon
elektronlarni qo‘zg‘atilishi deyiladi. Bunda elektronlar dastlabki
egallab turgan energetik sathidan zonaning boshqa yuqoriroq sathiga ko‘chadi. Elektronlar bilan
butkul to‘lgan zonadagi elektronlar o‘z energiyalarini o‘zgartira olmaydilar va shu sababli elektr
toki hosil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Demak, T=0 K da yarim o‘tkazgichning elektr
o‘tkazuvchanligi nolga teng.