Zoologiya va biokimyo


III- BOB. HAYVONLARNING MINTAQALAR BO‘YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə7/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
2 5276148906869135149

III- BOB. HAYVONLARNING MINTAQALAR BO‘YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI
3.1. Hayvonlarning tarqalishi va moslanishlari
O‘zbekiton hayvonlari tabiatning harakatchan qismi hisoblanib, geografik muxitning ajralmas bir qismi sifatida jumhuriyatimiz landshafti tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston hududining kattaligi, tabiati hamda rivojlanish tarixi uning hamma qismida bir xil emasligi, shuningdek, kishilarning xo‘jalik faoliyati hayvonlarning tarkibi va geografik tarqalishiga ta’sir etgan. Buning ustiga O‘zbekiston hududining 71 % ni tashkil etgan cho‘lli qismida hayvonlar yozning jazirama, davomli quruq kunlariga, suvsizlikka, ko‘chib yuruvchi qumlarga moslashgan.
O‘zbekiston xayvonlari paleoarktika zoogeografik viloyatining Markaziy Osiyo kichik oblastiga kiradi. Jumhuriyat hayvonot dunyosi juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Ba’zi xayvon turlari jumhuriyat xududining o‘zida paydo bo‘lsa, ba’zi turlari Turkistonning boshqa joylaridan o‘tgan. O‘zbekiston xududida paydo bo‘lgan hayvon turlariga ingichka barmoqli yumronqoziq, ko‘k sug‘ur, Bobrinskiy qo‘shoyog‘i, xo‘jasavdogar, qum bo‘g‘ma iloni, Turkiston gekkoni, Turkiston agamasi, katta kurakburun baliqlar, Orol shipi va boshqalar kirib, ular boshka joylarda deyarli uchraymaydi.
O‘zbekistondagi ba’zi hayvon turlari, chunonchi katta kumsichqon, tamaris qumsichqoni, kichik qo‘shyooq, qo‘ng‘ir yumronkozik, antilopa, sayg‘oq, korsak tulkisi, sassiqko‘zan, olako‘zan, yovvoyi mushuk manul (dala mushugi) kabi hayvonlar turon tekisliklaridan kirib kelgan. Jayron, barxon mushugi, karakal Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho‘llaridagi xayvonlarga alokasi bor. Burama shoxli echki, qunduz, afg‘on dala sichqoni, mayna kabi hayvonlar esa Afg‘oniston faunasiga, O‘zbekiston tog‘larida yashovchi Himoliy ulari, Tibet quzg‘uni, Sibir echkisi, ilvirs Markaziy Osiyoga xosdir.
O‘zbekiston hududida yashovchi sirtlon, chiyabo‘ri, kobra (ko‘zoynakli ilon) kabi hayvon turlari Hindistondan kirib kelgan bo‘lsa, oq sichqon va qo‘ng‘ir ayiq shimoliy sovuq zonalarga tegishli turlardir.
O‘zbekiston tabiati xilma-xil bo‘lib, uning cho‘l qismida bir xil tabiiy muhit mavjud bo‘lsa, to‘kaylarda ikkinchi xil, adir va tog‘larda yana boshqacha muhit vujudga kelgan. Binobarin, o‘sha tabiiy sharoitga bog‘liq holda cho‘lga, to‘qayga, voxaga, adirga, toqqa, yaylovga moslashgan hayvonlar yashaydi.

Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin