Bu usulga ko'ra Kirxgofning 1-qonuniga asoslanib elektr zanjir tugunlaridagi potensiallar zanjirning tayanch tuguniga nisbatan aniqlanadi. Bunda tayanch tugun potensiali nolga teng deb qabul qilinadi. Ma'lumki, har qanday shaxobchadagi kuchlanish shu shaxobcha ulangan tugunlar potensiallarining ayirmasiga teng bo'lib, bu kuchlanishni shu shaxobcha o'tkazuvchanligiga ko'paytmasi esa shaxobcha tokiga teng bo'ladi. Shunday qilib, tugun potensialllarini aniqlab har bir shaxobchadagi tok qiymatini topishimiz mumkin. Ushbu usul noma'lum toklarni topishda tugun potensiallarini aniqlashga asoslanganligi uchun tugun potensiallar usuli deb ataladi.
rasmda keltirilgan elektr sxemada ikkita J1 va J2 tok manbai, 3 ta-1, 2, 3 tugun va 3 ta-I, II, III konturlar mavjudbor. Bu sxemada 3- tugunni tayanch tugun deb qabul qilamiz va uni shartli ravishda yerga ulaymiz.
Demak, 0. 3 Tegishli shoxobchalar o'tkazuvchanliklari:
Agar elektr sxemada EYuK manbalari berilgan bo'lsa, u holda ular ekvivalent tok manbai bilan almashtiriladi, ya'ni EYuK ni o'zi ulangan shoxobcha o'tkazuvchanligiga ko'paytirib yoziladi. Agar zanjirning biror shoxobchasiga ideal EYuK manbai ulangan bo'lsa (bunday manbaning o'tkazuvchanligi cheksiz katta), u holda shu shoxobchaga ulangan tugun ma'lum potensialga ega deb qabul qilinadi va tenglamalar sistemasida tenglamaning o'ng tomoniga o'tkaziladi. Shuni ta'kidlash joizki, agar Kirxgofning 1-qonuni bo'yicha tuzilgan tenglamalar soni ikkinchi qonuni asosida tuzilgan tenglamalar sonidan kam bo'lsa, tugun potensiallar usuli kontur toklar usulidan afzal bo'ladi. Agar berilgan elektr zanjir q ta tugun va p ta shoxobchaga ega bo'lsa va q - 1 p – q + 1 yoki 2(q-1) p shart bajarilsa, u holda tugun potensiallar usuli afzal bo'ladi. Zanjirni tugun potensiallar usuli yordamida hisoblash tartibi quyidagicha: 1) shoxobchalardagi toklarga ixtiyoriy yo'nalish beriladi; 2) istalgan bitta tugunning potensiali nolga teng deb qabul qilinadi; 3) zanjirning qolgan tugunlari potensiallari uchun tenglamalar sistemasi tuziladi;; 4) tenglamalar sistemasini yechib tugunlar potensiallari topiladi; 5) Om qonuni yordamida shoxobchalardagi noma'lum toklar topiladi. Masala: 1.36-rasmda keltirilgan zanjir shoxobchalaridagi toklar tugun potensiallar usuli yordamida topilsin. E1 = 6 V, E2 = 12 V, E3 = 18 V, R1= R2 = R3 = 2 Оm, R4 = R5 = =R6=2 Оm. Yechish. Shoxobchalardagi toklar yo'nalishini ixtiyoriy tanlab olamiz va 4-tugun potensialini nolga tenglaymiz. Keyin boshqa ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 59 tugunlar potensiallari uchun quyidagi tenglamalar sistemasini tuzamiz:
Dostları ilə paylaş: |