Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining buzib ko‘rsatilishi va balans-ning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tasdiqlash imkoni yo‘q-ligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
0400 - «Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar» (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi, obyektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktiv-larning inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning qo‘shilganligi; analitik hisob yuritil-masligi.
Quyidagi faktlar korxonada ichki nazoratning past darajada ekan-ligidan dalolat beradi: yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin no-moddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi, hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o‘tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi; inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o‘z vaqtida aks ettirilmasligi; no-moddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddatlarini noto‘g‘ri (noqo-nuniy) belgilash oqibatida korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natija-lari buzib ko‘rsatishi; amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi; noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizat-siya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borish; no-moddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyatining buzilishi.
Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyatiga rioya qilmaslik soliq bilan bog‘liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan: to‘lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktiv-lar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga taqdim qilish; nomoddiy aktivlarni sotish va shartnomaga asosan tekinga berish chog‘ida QQS hisoblamaslik va noto‘g‘ri aniqlash; nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarili-shi natijasida ko‘rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi; nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olin-ganida daromad solig‘i ushlamaslik.
Dostları ilə paylaş: |