1 – amaliy mashg`ulot. Rudalarni boyitishda qo`llaniladigan (foydalaniladigan) shartli belgilar va asosiy terminlar. Kon-boyitish korxonalari yoki boyitish fabrikalarining homashyo bazasi foydali qazilma konlari hisoblanadi.
Foydali qazilmalar – bular ishlab chiqarish natijasida iqtisodiy (yetarli darajada) samarador , xalq xo`jaligida foydalaniluvchi tog`(kon) jinslari yoki tabiiy minerallardir. Fizikaviy xususiyatlari bo`yicha foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimonlarga bo`linadi.
Boyitish predmeti bo`lib, faqatgina qattiq foydali qazilmalar hisoblanadi, bu yerdan ruda tushunchasi ya’ni tarkibida qimmatbaho komponentlar mavjud bo`lgan, texnik ko`rsatkichlar ma`lumotlariga ko`ra iqtisodiy samarador hisoblangan qattiq foydali qazilma(dir).
Mineral – tarkibiy kimyoviy brikma yoki tug`ma sof (самородные) element. “Mineral” termini eski “minera” so`zidan olingan bo`lib, metal olish mumkin bo`lgan, tosh yoki ruda bo`lagini bildiradi (ma`nosini anglatadi).
Minerallarning shartli bo`linishi: ajratib olinadigan – qimmatbaho; ajratib olinmaydigan – bo`sh jins.
Mineralogik tarkibiga ko`ra rudalar tug`ma sof (самородные) sulfidli oksidli va aralashlarga bo`linadi.
Sulfidli minerallar – metall va metallmaslarning oltingugurt bilan birikmasi (ma`lum bo`lgan miqdor minerallar (miqdoridan 20% i) sulfidli bo`lmagan minerallar oksidli, silikatli, alyumosilikatli, karbonatli, fosfatli va boshqalarga bo`linadi.
Minerallarga, yer qobig`ida joylashgan (yer yuqori mantiyasining 92%) eng ko`p minerallar guruhiga mansublari kiradi: dala shpatlar kvars, xrizokatli minerallarga spdumen va berillar (berilliy va litiy olishadi) kiradi.
Bu guruhga bo`sh (tog` yoki kon) jinsli minerallar kiradi. Karbonatli minerallarga uglekislota ya`ni karbonat angidrid saqlovchilar (serussit, kalsit va boshqalar) kiradi.
Foydali qazilma konlari kelib chiqish tabiatiga ko`ra tug`ma va sochma bo`lishi mumkin. Tug`ma konlar dastlabki hosil bo`lgan joyida yotadi va kon jinslari qatlamida (massivida) joylashgan bo`ladi. Sochma konlar esa ikkilamchi hisoblanadi. Ularning hosil bo`lishi birlamchi tug`ma jinslarning buzilishi va ikkilamchi yotqizmalar (отложением) bilan bog`liq.
Ruda konlari hosil bo`lishi sharoitiga ko`ra magmatik, cho`kma va metamorfiklarga bo`linadi.
Rudalar sochma va tub bo`lishi mumkin. Sochma rudalarga bo`sh jinslar minerallar kiradi. Tub rudalar asosan qimmatbaho minerallardan tashkil topadi. Bunday rudalarni qayta ishlashda chiqindisiz texnologiya bo`lishi mumkin.
Metallik foydali qazilmalar qora, rangli, nodir va radioaktiv metallar rudalariga bo`linadi. Rudalar ma`nometalli va po`limetalli ham bo`lishi mumkin. Qimmatbaho komponentlarning miqdori bo`yicha – boy, kambag`al, juda kambag`al va sanoat rudalar bo`ladi.
Metallmas foydali qazilmalar kon-kimyo homashyosi, noruda qazilmalar, ko`mir va yonuvchi slans rudalariga bo`linadi.
Foydali qazilmalarni boyitish – bu, bo`sh jinslar minerallaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish maqsadida mineral hom ashyoga mexanik ishlov berish operatsiyalari.
Boyitish natijasida boyitmalar konsentr; va chiqindilar olinadi.
Boyitma (konsentrat) – boshlang`ich rudaga nisbatan qimmatbaho komponentlar ko`p miqdori bilan farq qiluvchi mahsulot.
Boyitma – boshlang`ich ruda tarkibida nisbatan qimmatbaho komponentlarning miqdori ko`p bo`lgan mahsulot chiqindilar (хвосты) – qimmatbaho komponentlar kam bo`lib va asosan bo`sh jinslar minerallaridan tashkil topadi.
Miqdor sxemasida ruda va boyitish mahsulotlari uchun miqdoriy ko`rsatkichlar keltirilgan bo`ladi. (foiz nisbatida, t/soat). Odatda sifat va miqdorga birlashtiriladi.
Suv-shlam sxemasida boyitish mahsulotlaridagi suv miqdori haqida ma`lumotlar (namlik foizi, qattiq faza foizi va boshqalar) bo`ladi. Dastgohlarning zanjirli sxemasi – dastgohlarning tashqi ko`rinishini dostgohlarning tashqi ko`rinishini eslatuvchi shartli rasmlari orqali ruda va boyitish mahsulotlarining harakatlanish grafikli rasm b.
Foydali qazilmalarni boyitish jarayonida quyidagi mahsulotlar olinadi: boyitma (bir va bir nechata) chiqindixona chiqindisi (отвальные хвосты) va oraliq mahsulotlar (sanoat mahsulotlari) .
Hisoblangan komponentlarda qimmatbaho metallar yoki ularning oksidlari minerallari va turli xil harakterdagi keraksiz unsur elementlar taqdim etilgan bo`lishi mumkin.
Mahsulot chiqishi – qayta ishlanayotgan material miqdoriga mahsulot miqdori nisbati (foiz, ulush birligida).
Hisoblangan komponent miqdori – mahsulotdagi komponent miqdorini mahsulot miqdoriga nisbati (foiz, ulush birligida, gr/m);
Mahsulotdan ajratib olingan hisoblangan komponent.