1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü31,14 Kb.
#40206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 maruza


1- MA’RUZA

Kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviy nazoratni yo’lga qo’yish va uning vazifalari

Reja:


    1. Fanning maqsadi va vazifalari.

    2. Mikrobiologik va texnologik nazoratning ishlab chiqarishdagi ro`li.

    3. Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi.

    4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga bo`lgan talab

    5. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, xududiy

muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari


    1. Fanning maqsadi va vazifalari

 Bizning Respublikamiz oziq ovqat sanoati korxonalari  mutaxassislari oldiga oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish unumini oshirish, ishlab chiqarishning uzluksiz va asosiy texnologik jarayonlarini  mexanizatsiya va avtomatizatsiya qilishning yuqori samarasini oshirish, mahsulotning sifatini yaxshilash va chiqish unumini oshirish hamda ishlab chiqarishda xom ashyoni yo‘qolishini kamaytirish borasida muhim masalalar qo‘yilgan.

Tayyor mahsulot standarti talablariga rioya qilish, mahsulot unumini oshirish va texnologik jarayonning har bir bosqichida texnologik va fizik-kimyoviy nazoratni sistemali raviщda olib borish, shu bilan birga ayrim mashina va uskunalarni xolatini nazorat qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Buni amalga oshirish uchun xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namunalar olishni va taxlillarni to‘g‘ri olib borilishini hamda nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish lozim.

Ushbu nazoratlarni   oziq ovqat sanoati korxonalarida olib borilishi maxsus ishlab chiqilgan va rasmiy ravishda tasdiqlangan standartlar, uslubiy qo‘llanmalar, me’yoriy xujjatlar, yo‘riqnomalar  hamda texnologik reglamentlar asosida  olib boriladi. Yillar o‘tishi  bilan bu qo‘llanma va yo‘riqnomalar qayta ko‘rib chiqilib, ishlab chiqrishga joriy etiladi.   

Ushbu fanni o‘rganishdan maqsad oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida  xom ashyoni qabul qilishdan tortib saqlash, ishlab chiqarishga berish, qayta ishlab tayyor mahsulot xoliga keltirib, iste’molchilarga  jo‘natishgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni to‘g‘ri nazorat qilish va xom ashyo, yarim tayyor,tayyor hamda chiqindilarni sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri taxlil qilishni o‘rgatadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mahsulotlarni chiqish unumini oshiradi va ularni sifatini yaxshilaydi.




Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin