1- mashg’ulot: Chala xordalilar tipi -hemichordata. Ichak bilan nafas oluvchilar



Yüklə 0,54 Mb.
tarix04.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#107544
1-амалий (2)


AMALIY MAShG’ULOTLAR


1- Mashg’ulot: Chala xordalilar tipi -Hemichordata. Ichak bilan nafas oluvchilar – Enteropneusta. Balanogloss – Balanoglossus gigas misolida tip vakillari tuzilishining asosiy belgilari.
Turning sistematik holati

Tip. Xordalilar - Chordata


Kenja tip. Chala xordalilar- Hemichordata
Sinf. Ichak bilan nafas oluvchilar – Enteropneusta
Vakil. Balanogloss – Balanoglossus gigas


Jihozlar



  1. Eritmada fiksatsiyalangan Balanogloss ho’l preparati

  2. Tablitsalar: Balanogloss tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi,qon aylanish sistemasi

  3. Mikroskoplar

  4. Lupalar

Ishning mazmuni:


Balanoglossning tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi. Balanoglossning gavdasi ikki yoqlama simmetrik va chuvalchangsimon bo’lib, uch bo’limga: xartumcha, yoqa va tana ga bo’linadi.
Ba’zi turlarining bo’yi atiga bir necha santimetr bo’lsa, boshqalariniki bir metr, hatto 2,5 m ga yetadi. Balanogloss dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib olib yashaydi. Bu yerda u o’zi kovlagan yo’llarda (kam) harakat qilib hayot kechiradi. Bu yo’llar devori salga uvulanib ketadigan naychalar shaklida bo’ladi, chunki qum donalari hayvonning teri bezlaridan chiqadigan yopishqoq modda bilan bir-biriga yopishib turadi. Balanogloss og’ziga suv bilan birgalikda kirgan mayda organizmlar bilan ovqatlanadi.
Ichki tuzilishi. Balanoglossning og’iz teshigi yoqasining qorin tomoniga, xartumchaning ostiga o’rnashgan. Og’iz teshigi bir talay jabra yoriqlari bo’lgan halqum bilan tutashadi. Jabra yoriqlari gavdaning orqa tomonidan to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladi. Halqum shaklan to’g’ri naychaga o’xshagan asl ichak bilan qo’shiladi. Ichakning orqa tomonidan jigar o’simtalari deb ataladigan bir talay ko’r o’simtalar chiqadi. Gavdaning eng oxirida anal teshigi bor. gavda bo’shlig’i xartumcha, yoqa va tana bo’shliqlariga bo’linadi. Xartumcha bo’shlig’ida maxsus bir tuzilma bo’rtib chiqib turadi. Bu tuzilma ichakning og’iz oldi o’simtasidan iborat bo’lib, u boshlang’ich (murtak) holdagi xordadir, chunki uning tuzilishi xordaga o’xshayda va xorda kabi endodermadan chiqib kelgan.
Xartumcha bo’shlig’i kichik teshikcha orqali tashqaridan kirgan dengiz suvi bilan to’lishi mumkin, shunda u tarang bo’lib qoladi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash bo’lmay, asosan, orqa va qorin qorin tomirlaridan iborat. Nerv sistemasi orqa qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular halqum oldi nerv halqasiga qo’shilgan bo’ladi. Yoqa joylashgan yerdan o’tgan nerv iplarining ichida tor bo’shliq bor, bu bo’shliq, odatda, nevrotsel gomologi deb hisoblanadi. Balanoglossda hech qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim sezuvchi hujayralargina topilgan, xols. Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha ninaterililardagiga o’xshash bosh tepa plastinkasi bor. bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yo’qolib ketadi. Murtak holidagi xorda atrofiga o’rnashgan burmali maxsus tuzilma ayirish organi vazifasini bajarsa kerak, shunga kshra, parchalanish mahsulotlari (siydik) xartumdagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanogloss ayrim jinsli hayvon bo’lsa-da, tanasining oldingi qismiga o’rnashgan erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari sirtdan bir-biriga o’xshaydi. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suv chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urug’lanadi.


Boshqa chala xordalilar


Chala xordalilar orasida balanoglossga o’xshash yakka va erkin yashaydigan formalardan tashqari, koloniya bo’lib, bir joyda o’troq hayot kechiradigan turlar ham bor. bu hvyvonlar ham jinsiy yo’l bilan, ham kurtaklanish yo’li bilan urchiydi. Chala xordalilarga kiradigan barcha hayvonlar dengizning sayoz joylarida, suv o’tlari yoki suv ostidagi toshlar orasida, yo bo’lmasa xuddi balanoglossdek, qum yoki balchiqda yashaydi. Chala hordalilar yer yuzidagi barcha dengizlarda tarqalgan hamma joyda ham birmuncha kam uchraydi.
SSSR dengizlarida – Sovet Ittifoqi Yevropa qismining shimolidagi dengizlar bilan Sovet Uzoq Sharqidagi dengizlarda juda kam uchraydigan turlari bor. Ulardan bittasi Balonoglossus urug’iga, boshqa ikkitasi esa unga yaqin urug’larga kiradi.
Balanogloss kabi boshqa ichak bilan nafas oluvchilarda hech qanday metameriya belgisi bo’lmasa ham, ularni tipik xordali hayvonlarga o’xshatadigan bir qancha muhim belgilari (boshlang’ich (murtak) hamda xorda va nevrotsel, jabra yoriqlari, selom ikkilamchi og’iz) bor. Ikkinchi tomondan nerv sistemasining tuzilishiga hamda gavda bo’shlig’ining atrofini o’rab turgan teri-muskul xaltasiningn borligiga qaraganda ichak bilan nafas oluvchilar halqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi. Nihoyat, ichak bilan nafas oluvchilarning tornariya deb ataladigan lichinkasi nina terililar lichinkasiga, xususan goloturiya juda ham o’xshaydi. Jumladan ninaterililarning lichinkasiga o’xshash, tornariya gavdasida ham maxsus kiprik torlari, tepa nerv tugunchasi va ikkita ko’zcha bor.
Shunday qilib, ichak bilan nafas oluvchilar umumiy evoyutsiya nuqtai-nazaridan diqqatga sazovordir, chunki bu hayvonlar xordalilar tipini boshqa tiplari bilan, jumladan, nina terililar bilan bog’laydi.











Mavzu bo’yicha topshiriqlar:



  1. Xordalilarning kelib chiqishi o’rganish.

2. Chala xordalilar tipi vakillarini Balanogloss misolida o’rganish.
3. Balanoglossning tuzilishi asosiy belgilarini o’rganish.
4. Balanoglossning tarqalishi, turlar soni, biologiyasini
o’rganish.
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin