1- mashq. Quyidagi so'zlar asosida ilmiy, rasmiy va publitsistik matn tayyorlang. Tayyor matningizda qo'llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling



Yüklə 27,99 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü27,99 Kb.
#43273
  1   2   3   4   5   6
2-тема топшириқ


1- mashq.Quyidagi so'zlar asosida ilmiy, rasmiy va publitsistik matn tayyorlang. Tayyor matningizda qo'llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling.

Til, nutq, madaniyat, kishilar onggi, tafakkur, tushunchasi, borliq, ijtimoiy, hodisa, tabiiy, jarayon, soflik, aniqlik, to'g‘rilik, maqsadli, bilish, o'rganish, o'sish, odob, aql, mantiqiylik, o'rganish, izlanish, o'qish, og‘zaki, yozma, shakl, iborat.



Ilmiy matn: Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir.

Tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.

Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.

Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.

Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.

Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.

Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.

Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.

Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.


Yüklə 27,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin