1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix08.07.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#62709
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



1
 
7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. 
Reja: 
1. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari.
2. Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va soxalarida foydalanish.
3. Internet xizmatlari bilan ishlash. 
 
1. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari. 
 
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda 
foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir 
vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu 
xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar 
majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot 
makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo 
kompyuter tarmog‘i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.
10.1-rasm. Kompyuter tarmoqlari 
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i 
deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda 
axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi. 
Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan 
tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va 
ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini 
birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi 
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan 
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. 
EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot 
o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. 
Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan 
bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi 
- lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi 
kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. 
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal 
aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu 
ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin