1-amaliy. Hujjatchilik tarixi. Sharq hujjatchiligi



Yüklə 180,8 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.10.2023
ölçüsü180,8 Kb.
#152812
1-amaliy



1-amaliy. Hujjatchilik tarixi. Sharq hujjatchiligi 
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.Biron-bir korxona, 
muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo 
tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo„lgan 
hujjatlar katta-yukichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining 
uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo„lgan 
narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o„zaro 
munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat'iy qayd etib 
borishga eshtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy 
hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi 
Hamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi (kodeksi), undan ham qadimroq 
shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa 
manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining 
nechog„lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko„rsatadi. Albatta, kishilik 
jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi 
aniqrog„i, kishilar o„rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning 
takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi 
kunda fanga tariximizning turli davrlarida o„rxun-enasoy, sug„d, eski uyg„ur, arab 
va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko„plab hujjatlar, umuman yozma manbalar 
ma'lum.Sharqda X-XI asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, 
qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. 
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo„lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, 
tasdiqlash va h.k. Bu o„rinda To„xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli 
Yagayloga yo„llagan yorlig„i, Temur Qutlug„ning 1397-yildagi yorlig„i, Boburning 
otasi Umarshayx Mirzoning marg„ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469- 
yilda bergan yorlig„i, Toshkent hokimi Yunusxo„janing 1797-yil 2-iyunda 
Peterburgga-Rossiya podshosiga o„z elchilari orqali yuborgan yorlig„i va 
boshqalarni eslab o„tish mumkin
1
. Mazkur davr yorliqlarida o„ziga xos lisoniy 
qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan arianaviy tarkibiy qismlarga ega 
bo„lgan. Masalan, eslab o„tilgan yorliqlaming birinchisi - «To„xtamish so„zim 
Yagaylaga» deb, ikkinchisi - «Temur Qutlug„ so„zim» deb, uchinchisi esa - 
«Sulton Umarshayx Bahodir so„zim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan 
qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko„rsatilgan. 


XIX asrda Qo„qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri «patta»lardir 
Pattada ma'lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, unig„ (don) yoki 
boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi ma'lumot aks ettirilgan. Patta 
matnlarida ham o„ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip mavjud bo„lgan. 
Umuman, o„tmish hujjatlaridagi muayyan turg„un tarkib va nutqiy qolip o„zbek 
(turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining 
dalilidir. Oktabr to„ntarilishidan so„ng sho„rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
va madaniy hayotning barcha sohalarini o„zining yo„rig„iga soldi. Butun 
mamlakatdagi hujjatchilik idoraviy ish yuritish tamoyillari ham bu yo„riq 
sirtmog„idan chetda qolmadi. Turkiston o„lkasining 191S - yildagi Asosiy 
qonunida o„zbek varus tillari davlat tili deb e'lon qilingan. Aytish lozimki, yaqin 
o„tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o„zbek tilida yozilgan. 
Ammo bu hujjatlarning tilinisofo„zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin-
yaqinlargacha " berildi ushbu spravkani faionchievga shu haqdakim, haqiqatdan 
ham bu o„rtoq shul joyda yashab turadi" qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andaza 
olish tufayli paydo bo„lgan ya'ni, shaklan o„zbekcha ma'lumotnomalar yozib 
kelindi. O„zbek tiliga daviat tili maqomi berilgan bugungi kunda o„zbek tilida 
mukammal hujjatchilikning shakillanishi uchun butun imkoniyatlar ochilgan.
Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish 
taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasidagi hujjatlarning 
o„rni va ahamiyati beqiyosdir. Ayni paytda hujjatlar matnini tuzish boshqaruv 
tizimi faoliyatida eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir. Shuning uchun ham 
zamonaviy rahbar har qanday zaruriy axborotni rasmiy ish tilinig tegishli 
shakllarida bemalol ifodalay olishi muhimdir. Milliy istiqlol hayotimizning hech 
bir istisnosiz barcha sohalarda bo„lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo„l 
ochdi, Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni – konstitutsiyamizda, "Davlat tili 
haqida" gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda
Ona tilimiz bo„lmisho„zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq 
ko„rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan, 
gohida nopisandlik, turtkilash va kamsitishlardan ko„ngli singan, ammo yorug„ 
kunlarga yetmoq umidi so„nmagan tilimiz chinakam munavvar kunlarga salomat 
yetib keldi. 


 
 
 

 
 
 


Qadimgi hujjatlarni davrlararo tasniflash. 
 
 
 
Munshaot
O„rxun-
Enasoy 
obidalari 
1792-1750 yillar 
Qonunlar 
majmuasi 
Xammurapiqonu
ni 
1393-yil 
To„xtam
mishxon 
yorlig„i 
XIX asr 
hujjatchilig

Hozirgi 
davr 
hujjatchili
gi 

Yüklə 180,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin