1-amaliy mashg’ulot Mavzu: aktda kasb ta’limi bo’yicha foydalaniladigan dasturiy vositalar Matn muharrirlari



Yüklə 49 Kb.
səhifə1/5
tarix12.10.2023
ölçüsü49 Kb.
#154685
  1   2   3   4   5
1.1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: AKTda kasb ta’limi bo’yicha foydalaniladigan dasturiy vositalar
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo'shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda ko'rsatib o'tirmaymiz. Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o'zaro aloqaning birinchi amaliy ko'nikmalarini hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi.
Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mo'ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o'lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to'plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: ma’lumotlar bazasini bo'sh (to'latilmagan) tuzilmasini yaratish; uni to'ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar importini taqdim etish; ma’lumotlarga yo'llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.

Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin