1-Amaliy mashgʻulot Mavzu: Yo‘l va ko‘chish. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tezlik



Yüklə 23 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü23 Kb.
#194421
1 A Yo‘l va ko‘chish To‘g‘ri chiziqli tekis harakat Tezlik


1-Amaliy mashgʻulot
Mavzu: Yo‘l va ko‘chish. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tezlik.

Ko‘chishlar quyidagicha topiladi.


x=x2-x1, ∆y=y2-y1, ∆z=z2-z1
Ikkita o‘q bo‘yicha ko‘chish esa quyidagicha topiladi.
Sx=x2-x1, Sy=y2-y1

Uch o‘lchamli harakatda ko‘chish quyidagicha topiladi:
Sx=x2-x1, Sy=y2-y1, Sz=z2-z1

To‘g‘ri chiziqli tekis harakat bo‘lganda tezligi quyidagicha topiladi
v=S/t
Tekis harakatda yo‘l
S=vt
V=const, a=0
Harakat tenglamasi esa (x o‘q uchun)
x=x0+S yoki x=x0+vt
Mustaqil yechish uchun masalalar
1.1. 20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 500 m uzunlikdagi avtobuslar kolonnasi uzunligi 700 m bo‘lgan shaharchaga kirib bormoqda.Qancha vaqtdan so‘ng (s) kolonna shaharchadan butunlay chiqib ketadi?
1.2. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi va ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi?
1.3. Kemadan dengiz tubiga ultratovush signali yuborildi. Bu signal kemaning exolokatori tomonidan 2 sekunddan keyin qabul qilindi. Agar tuzli suvda tovushning tezligi 1500 m/s ga teng bo’lsa, kema joylashgan nuqtadagi dengiz chuqurligini (m) toping.
1.4. Oqim tezligini aniqlash maqsadida daryoga tashlangan po’kak 50 s davomida 60 m masofani bosib o’tdi. Po’kak tezligini oqim tezligiga teng deb hisoblab, suvning oqish tezligini toping.
1.5. Samolyot 5 minut ichida 100 km masofani bosib o’tdi. Samolyot tezligini m/c va km/h larda aniqlang.
1.6. Qaysi biri katta tezlikka ega: bir soatda 1200 km yo’l bosgan samolyotni tezligimi, yoki miltiqdan 760 m/c tezlik bilan uchib chiqqan o’qni tezligimi?
1.7. Ikki velosipedchining harakat tenglamalari x1=5t, x2=150-10t ko’rinishida berilgan. Uning uchrashish vaqti va uchrashish joyini aniqlang.
1.8. Jismning t=1 s vaqt momentida fazodagi kordinatalari x0=-2 m, y=2 m .Jism 3c vaqt momentida kordinatalari x=3 m, y=-3 m bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Agar u to’g’ri chiziqli tekis harakat qilgan bo’lsa, jismning harakat tezligini toping.
1.9. 36 km/h tezlikda harakatlanayotgan poyezd vagoniga uning harakat yo’nalishiga perpendikuliyar yo’nalishda o’q uzildi. O’q vagon devorlarini teshib o’tganda, tirqishlar bir biridan 3 sm ga siljidi. Vagon kengligi 2.7 m bo’lsa, o’qning tezligini aniqlang.
1.10. Velosipedchi A punkitdan B punkitga tomon doimiy 20 km/h tezlik bilan yo’lga chiqdi. Oradan 15 minut o’tgach B punkitdan A ga tomon 20 km/h tezlik bilan ikkinchi velosipedchi yo’lga chiqdi. Punktlar orasidagi masofa 55 km. Ikkinchi velosipedchi yo’lga chiqqanidan qancha vaqt o’tib, ular uchrashadi?
1.11. Shahar va qishloq orasidagi masofa 80 km. Shahardan dam olish maskani tomon 50 km/h tezlik bilan avtomobil yo’lga chiqdi. Avtomobil bilan bir vaqtda qishloqdan ham dam olish maskani tomon 30 km/h tezlikda motosiklchi yo’lga chiqdi. Shahardan qanday masofada avtomobil motosiklchini quvib yetadi?
1.12. Ali va Vali oralaridagi masofa 5 km bo’lgan ikki qishloqdan bir-biri tomon yo’lga chiqdi. Alining tezligi 4,6 km/h, Valining tezligi 5,4 km/h. Ali va Vali uchrashgunga qadar, ular orasida 2 m/c tezlik bilan kuchukcha yugurdi. Bolalar uchrashguncha kuchukcha qancha yo’l yurgan?
1.13. 50 km/h soat tezlikda harakatlanadigan avtobus yopiq temir yo’l kesishmasi oldida 1,5 daqiqa davomida to’xtalib qoldi. Agar mashrutning eng yaqin bekatigacha bo’lgan masofa 3.75 km bo’lsa, jadvaldan chetga chiqmaslik uchun avtobus qanday tezlikda harakatini davom ettirishi kerak?
1.14. Avtobus va motosiklchi bir-biridan 20 km masofada joylashgan. Agar ular bir yo’nalishda harakatlansa, motosiklchi avtobusni 1 soatda quvib yetadi. Agar ular bir-birlariga tomon avvalgi tezliklarida harakatlansa 10 minutdan so’ng uchrashishadi. Motosiklchi va avtobusning tezliklari qancha?
1.15. Ko’prikning 3/8 qismini o’tganga it uni ushlab olgan mashina signalini eshitdi. Agar it orqaga yugursa, u ko’prikning bir uchida mashina bilan uchrashadi, oldinga yugursa, yugursa ko’prikning ikkinchi uchida mashina bilan uchrashadi. Avtomobilning tezligi itning tezligidan necha marta katta?
1.16. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi va ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi?
1.17. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamalari va ko’rinishga ega. Ular koordinata o’qining qayerida (m) uchrashadi?
1.18. Kuzatuvchidan 1332 m masofada temir relsning ustiga bolg’a bilan urildi. Zarba tovushi havoda relsdagiga nisbatan 3 s kechikib keldi. Agar tovushning havodagi tezligi 333 m/s bo’lsa, temirdagi tezligini (m/s) toping.
Yüklə 23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin