MIKROORGANIZMLARNING O’SISHI, KO’PAYISHI VA HARAKATLANISHI
Reja:
1. Bakteriya hujayrasining o’sishi.
2. Bakteriyalarning spora hosil qilishi.
3. Prokariotlarning ko’payish usullari.
4. Bakteriyalarning rivojlanish fazalari va ularning tavsifi.
5. Mikroorganizmlarni uzluksiz kupaytirishning ahamiyati.
6. Bakteriyalarning harakatlanishi.
Bakteriya hujayrasining o’sishi. Mikroorganizmlar ham o’sadi, ham ko’payadi.
O’sish deganda, hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar)
bir-biriga mutanosib tarzda ko’payishi tushiniladi. O’sish natijasida hujayraning kattaligi va
massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga etgandan so’ng, u ko’paya boshlaydi.
Ko’payish deb, mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko’payish
ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi.
Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni
hujayraning
uzayishidan,
nukleoidning
ikkiga
bo’linishidan
boshlanadi.
Nukleoid-
superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi).
Mikroorganizmlarda ham DNKning replikasiyasi DNK-polimeraza fermenti orqali amalga
oshadi. DNK ning replikasiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi yo’nalishda ketadi va u
ikkilanib qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek
bo’ladi. Replikasiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.
DNK replikasiyasidan so’ng, hujayralararo to’siq hosil bo’ladi. Bu murakkab
jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qavati
o’sadi, so’ngra ular orasida peptidoglikan (Murein) sintezlanadi va nihoyat to’siq hosil
bo’ladi. To’siq ikki qavat sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK
replikasiyasi davomida va bo’luvchi to’siq hosil bo’lishi vaqtida hujayra uzluksiz o’sadi. Bu
vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar
va boshqa organellalar, birikmalar, xullas sitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Bo’linishning oxirgi bosqichida hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa bo’linish
jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi.
Bakteriyalarning spora hosil qilishi. Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari
rivojlanish bosqichining ma’lum davrida spora hosil qiladi. Bunda mikroorganizmlarning
vegetativ hujayrasi ichidagi sitoplazmaning hammasi yoki bir qismi quyuqlashib, shar yoki ellips
shaklga kiradi. Bu spora deb aytiladi.
Hujayra po’sti spora hosil bo’lishida ishtirok etmasa ham undagi harakatlanish organlari-
xivchinlar qisqa vaqt ichida o’z vazifasini bajaraveradi. Bitta ona hujayrada bittagina spora hosil
bo’lganligi sababli bu hodisani bakteriyalarning ko’payish jarayoni deb tushunish hatodir.
Sporalar mikroorganizmlarning noqulay sharoitga qarshi turishi uchungina xizmat qiladi(13-
rasm).
13 – rasm. Vegetativ hujayraning sporalar hosil bo’lgan paytdagi shakllari:
a – o’z shaklini yo’qotmagan vegetativ hujayra; b – baraban tayoqchasiga o’xshab qolgan
vegetativ hujayra; v – duksimon shaklga kirgan vegetativ hujayra.
Spora odatda vegetativ hujayradan kichik bo’ladi. Spora hosil bo’lgandan keyin ona
hujayra o’z shaklini o’zgartirmaydi. Ba’zi basillalar sporasining diametri vegetativ hujayraning
ko’ndalang kesimidan kattaroq bo’lib, u hujayra markaziga joylashsa, bu holda hujayra
duksimon shaklga kiradi. Basillalarning ba’zi turlarida sporalar vegetativ hujayraning bir uchida
hosil bo’ladi. Natijada basillaning shakli baraban tayoqchasiga o’xshab qoladi.
Spora hosil bo’lgandan so’ng ona hujayraning po’sti erib ketadi. Spora ikki
qavatli bo’ladi. Uning tashqi qavati ekzina deb ataladi, u o’zidan suv o’tkazmaydi va sporani
tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Ichki qavati intina deb ataladi va sporaning unib chiqishiga
yordam beradi(14-rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
14 – rasm. Sporalarning ko’ndalang kesigining sxematik ko’rinishi:
a – intina; b – ekzina qavatlari.
Ko’pchilik bakteriyalarning sporasi 120-140° haroratda ham hayot faoliyatini
yo’qotmaydi. Ayrim bakteriyalarning sporasi 253° sovuqda ham nobud bo’lmaydi.
Muhitda oziq moddalar etarli bo’lib, optimal harorat hosil qilinsa, sporadan yosh hujayra
o’sa boshlaydi. YO
SH
vegetativ hujayra sporaning bir uchidan o’sib chiqsa, bunday o’sish
polyar o’sish, o’rta qismidan o’sib chiqqanda esa ekvatorial o’sish deyiladi. Sporadan o’sib
chiqqan hujayra intina po’stiga o’ralgan bo’ladi.
Spora hosil qilish jaroyoni turg’un xususiyat bo’lib hisoblansa ham, ba’zi vaqtlarda
bakteriyalar bu xususiyatni yo’qotadi. Bunday bakteriyalar asporogen irq (sporasiz) deyiladi.
Bu hodisa doimiy yoki vaqtincha bo’lishi mumkin. Bakteriyalarning asporogen irkqa aylanishida
zaharli moddalar va boshqa omillarning ta’siri juda katta rolь o’ynaydi. Kokk va spiralsimon
bakteriyalar spora hosil qilmaydi.
Bakteriyalarning ko’payishi. Bakteriyalar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ona
hujayra o’rtasida halqasimon parda paydo bo’ladi. Bu parda vegetativ hujayrani o’rtasidan
bo’lishi natijasida ikkita yangi hujayra vujudga keladi. SHarsimon bakteriyalarning bo’linish tipi
sistematika uchun juda katta ahamiyatga ega. Ular bir sathda bo’linadigan bo’lsa, kokk,
diplokokk, streptokokk yoki stafilokokklar vujudga keladi. Agar bir-biriga perpendikulyar sathda
bo’linsa, tetrakokklar, uch tomonidan perpendikulyar sathda bo’linganda esa sarsina hosil
bo’ladi. Silindrsimon bakteriyalar faqat ko’ndalangiga, spiralsimonlari esa uzunasiga bo’linadi.
Bakteriyalarning ko’payish tezligi sharoitga bog’liq. Oziq moddalar etarli va harorat
qulay bo’lsa, hujayra har 20-40 minutda bo’linib ko’payaveradi. Agar bakteriyalar shu
tezlikda ko’payaversa, 5 kecha – kunduz mobaynida dengiz va okeanlarni to’ldirib yuborishi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
mumkin. Lekin sharoit o’zgarib turishi va boshqa omillar bakteriyalarning bunday tezlik bilan
ko’payishiga imkon bermaydi.
Bakteriyalar jinsiy yo’l bilan ham ko’payadi. Bunda ikkita hujayra bir-biriga yaqinlashib
qo’shiladi. Hujayralar ichida gonidiyalar hosil bo’ladi. Gonidiyalardan yangi hujayralar o’sib
chikadi.
Bakteriyalarning rivojlanish sikli. Bakteriyalarning rivojlanish sikli bir necha fazaga
bo’linadi.
Pichan basillasining rivojlanish sikli. Bu basillaning yosh hujayrasi peritrix-tipda
xivchinlanganligi sababli yumalab harakatlanadi. Rivojlanish siklining dastlabki davrlarida
hujayra xivchinlarini yo’qotib, harakatdan to’xtaydi va tezlik bilan bo’lina boshlaydi, Hujayralar
bunday ko’payish natijasida bir-biriga ulanib, uzun zanjir hvsil qiladi va ularda xivchinlar paydo
bo’ladi. Bu hujayralar xivchinlar yordamida biroz vaqt harakatlangandan so’ng yana ayrim
hujayralarga bo’linib harakatlanaveradi. Bu bosqich ko’p marta takrorlangandan so’ng hujayra
ichida spora hosil bo’ladi. Spora hosil qilgan vegetativ hujayra bir joyda to’xtab qoladi. Uning
po’sti eriydi va spora tashqariga chiqib qoladi. Qulay sharoitga duch kelishi bilan sporaning
po’sti yoriladi va undan harakatchan pichan basillasi o’sib chiqadi.
Sporadan o’sib chiqqan vegetativ hujayra yuqorida aytilgan bosqichlarni qaytadan o’tib,
spora hosil qiladi va shu bilan rivojlanish siklini tugallaydi (15-rasm).
Ipsimon bakteriyalar suv ostidagi narsalarga yopishib olib, hayot kechiradi. Ular
shilimshiq qin ichiga joylashib yashaydi va voyaga etganda har qaysi hujayraning bir uchida
xivchinlar to’plami paydo bo’ladi. Xivchinli bakteriyalar hujayralar bir qancha vaqt o’tgandan
keyin suv ostidagi narsalarga yopishib oladi va xivchinini yo’qotadi. Xivchinini yo’qotgan
hujayra tezlik bilan, ko’payib, shilimshiq qinga o’raladi, bu hujayralar voyaga etguncha qin ichi
turadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
15 – rasm. Pichan basillasining Basillus subtilis ning rivojlanish bosqichlari:
a – harakatchan hujayra; b – xivchinini yo’qotib bo’linish payti;
v – xivchinlarni qaytadan hosil bo’lish stadiyasi;
g – sporalarning hosil bo’lish davri; d – sporadan o’sib chiqishi
Prokariotlarning ko’payish usullari. Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin u
bo’yiga o’sadi va ikkiga bo’lina boshlaydi. Tayoqcha o’rtadan sal torayadi va ikkiga
bo’linadi. Agar hujayra ikkita bir xil bo’laklarga bo’linsa, bunga izomorf bo’linish (izo-teng)
deyiladi. Ko’pincha geteromorf (noteng) bo’linish kuzatiladi.
Agar xivchinli hujayra bo’linsa, qiz hujayrada ko’pincha xivchinlar bo’lmaydi ular ona
hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan xivchin o’sadi. Demak, ona hujayra birlamchi
hujayra devori, fimbriylar va xivchinlarga ega bo’ladi. Spiroxetalar, rikketsiyalar, ba’zi
achitqilar, zambrug’lar, sodda xayvonlar (protistlar) ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi.
Mikrobakteriyalar «tortilib» («peretyajka» hosil qilib) ko’payadi. Avval hujayra bo’linadigan
joyidan torayadi, so’ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab
bo’rtadi va oxirida ikkiga bo’linadi. Qiz hujayra o’zi sitoplazmatik membranasi bo’lgani holda,
hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi.
Ba’zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon’yugasiya deyiladi. Bu xil
ko’payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida ma’lumot beriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
SHunday qilib, o’sish va ko’payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo’ladi.
Ularning ko’payishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generasiya (ko’payish) vaqti
mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, haroratiga, rN) ga bog’liq.
Generasiya vaqtining eng optimal muddati 20-30 minut bo’lsa, 2 soatda 6 ta generasiya olish
mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa 120 yil vaqt lozim bo’ladi. Ammo
bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik generasiya hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular
bir xil jadallikda ko’payganda edi, bir dona E. so1i 24 soatdan so’ng 2
72
yoki 10
22
avlod
qoldirgan bo’lar edi, bu esa 10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning o’sishi shu tarzda
davom etsa, 24 soatdan so’ng to’plangan massa er shari massasidan birnecha marta og’ir bo’lib
chiqar edi. Ammo, amalda shunday bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning etishmasligi va hosil
bo’lgan mahsulotlar bakteriyaning ko’payishini cheklaydi. Oziqa muhiti oqib turganda
(yangilanib turganda) bakteriyalar har 15-18 minutda bo’linib turadi. Suyuq oziqa muhitda
bakteriyalar o’sish tezligining vaqtga qarab o’zgarishini kuzatish mumkin. Oziqa muhitga
tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, so’ng tezlik bilan ko’payadi va maksimumga
chiqadi. Oziqa moddalarning kamayishi va hosil bo’lgan mahsulotlarning ko’payishiga qarab,
o’sish sekinlashadi va to’xtaydi.
Bakteriyalarning rivojlanish fazalari. Bakteriyaning rivojlanish sikli bir necha fazadan
tashkil topadi:
1. Stasionar faza-mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan boshlab, 1-2 soat
davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi.
2. Lag faza-ko’payishning tormozlanishi. Bu fazada bakgeriyalar intensiv o’sadi, ammo
ularning bo’linishi juda kam bo’ladi. Bu ikki fazani bakteriya populyasiyasi rivojlanishining
muhitga moslashuv fazasi desa bo’ladi.
3. Logarifmik-eksponensial ko’payish fazasi. Ko’payish katta tezlikda ketadi,
hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi.
4. Manfiy tezlanish fazasi-Hujayralar kamroq aktiv bo’ladi, genorasiya vaqti
cho’ziladi, chunki oziqa kamayadi, zaharli modda,lar hosil bo’ladi, natijada ko’payish susayadi,
ba’zi hujayralar o’ladi xam.
5. Stasionar faza-Hosil bo’ladigan hujayralar soni o’ladiganlari soni bilan tenglashadi.
SHuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida bir xil darajada turadi. Tirik
va o’lgan hujayralar soni sekin-asta ko’payadi. Bu faza yana boshqacha "maksimal
stasionar" faza deb ham ataladi, chunki hujayralar soni maksimumga etadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
6-fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi.
7-fazada hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib o’lish doimiy tezlikda
davom etadi. 6 va 7-faza birgalikda o’lim fazasi deb atalib unda o’luvchi hujayralar soni
ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi.
8-fazada hujayralarning o’lishi asta-sekin kamayadi.
Oxirgi fazadi hujayralar o’limi ozuqa muhiti fizik-kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi
bilan bog’liq. Bakteriya uchun noqulay sharoit yuziga keladi. Hujayralar shunday tezlikda
o’ladiki oxiri hammasi qirilib ketadi (16-rasm).
16 – rasm. Ipsimon bakteriyalar (Cladorix dichotoma ) ning rivojlanish stadiyalari:
a – harakatchan bakteriyalar; v – suv ostidagi narsaga yopishib ko’payish payti; v –
voyaga etgan hujayraning uzilib qin ichidan chiqib ketishi.
Mikroorganizmlarni
uzluksiz
kupaytirishning
ahamiyati.
Bakteriyalarni
ko’payishining ozuqa muhitini doimiy yangilab turib ko’paytirish usuli ham bor. Bu xil
ko’paytirish xemostat yoki turbidiostatlarda amalga oshiriladi. Sanoatda bu usul keng
qo’laniladi.
Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriyalar xivchinlari yordamida harakatlanadi.
Xivchinlar protoplazmatik ipdan iborat. Ular bakteriyaning tanasiga qaraganda 20 baravar kalta
bo’ladi. Ba’zi bakteriyalarning (jumladan, nitrozomonas yavanenzisning) xivchini tanasiga
nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Spiroxetalar harakatlanganda tanasini bir tekis tebrantiradi. Achitqi zamburug’lari bir
joyning o’zida harakatlanadi, ya’ni o’rnini almashtirmaydi.
Bir joydan ikkinchi joyga siljish tezligi turli bakteriyalarda turlicha bo’ladi: ko’pchilik
bakteriyalar bir sekund ichida o’z tanasi uzunligiga teng keladigan masofani bosib o’tadi.
Ba’zilari, jumladan, vabo (xolera) vibrioni bir sekundda o’z tanasi uzunligiga nisbatan 15
baravardan ortiq masofaga siljiydi (tanasining uzunligi 2 mkm, bir sekundda o’tgan masofasi esa
30 mkm ga yaqin bo’ladi).
Bakteriyalarning xivchini hujayrada turlicha joylashadi: monotrix xivchin-bakteriya
hujayrasining faqat bir tomonida bitta xivchin bo’ladi; lofotrix xivchin-bakteriya hujayrasining
bir tomonida bir nechta xivchin bo’ladi; amfitrix xivchin-bakteriya hujayrasining ikki tomonida
bir nechtadan xivchin bo’ladi; peritrix xivchin-bunda
17 – rasm. Xivchinlanish tiplari: a – monotrixlar; b – lofotrixlar; v –
peritrixlar.
xivchinlar bakteriya hujayrasining hamma tomonini o’rab oladi. Monotrix va lofotrix
xivchinli bakteriyalar to’g’ri chiziq bo’ylab, amfitrix xivchinli bakteriyalar odimlab, peritrix
xivchinli bakteriyalar esa yumalab harakatlanadi(17-rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Bakteriyalarning xivchinini ko’rish uchun ulьtramikroskop va maxsus bo’yoqlar
ishlatiladi. Xivchini tekshiriladigan bakteriya kumush tuzi eritmasida saqlanib, so’ngra unga
formalьdegid bilan ta’sir qilinadi. Bu eritmalar ta’sirida xivchinlar qora rangga kiradi.
Harorat, zaharli moddalar va hayot jarayonlarida paydo bo’ladigan boshqa birikmalar
ta’sirida bakteriyalarning harakatlanishi tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
1.Davranov Q., XujamshukurovN. Umumiy va texnik mikrobiologiya
Toshkent 2005 yil
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. Gariev B.G. Mikrobiologiya. Toshkent: Mexnat, 1990
2.Mishustin E.N. Emtsev I.T. Mikrobiologiya. M.: Kolos 1987
.
3.Moschiev M.S. Skladnev A,A, Kotov V.B, Obhaya texnologiya
mikrobiologicheskix proizvodstv. M. Legkaya i pishevaya promishlennost’, 1986.
264s.
4.Sattarova R.K. va boshkalar. Umumiy fitopatologiya (ma`ruza matnlari).
Toshkent., 1999.
5.Sattarova R.K. va boshqalar. – Mikrobiologiya (ma`ruza mantlari)
Toshkent., 2000.
6.Burxanova X.K., Inog’amova.M. – Mikrobiologiya va virusologiya
asoslari. Toshkent., 1983.
7.Xardi K. Plazmidi. Metodi. M.; Mir, 1990, 267s.
Saytlar:
http://www.referat.ru
http://www.mycophyto.com.
http://www.zin.ru
WWW. 2: NRU
WWW.Referat.RU
WWW.Biotech.com
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Dostları ilə paylaş: |