1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 288,17 Kb.
səhifə1/11
tarix17.06.2023
ölçüsü288,17 Kb.
#132066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi


Reja:
Kirish ……………………………………………………………………………..


1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari…………………………


2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati asoslari……………………………………………………………………………
3. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari……………………………………………………………………
Xulosa ……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………
Kirish
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash qiyin. Hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, turlicha operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlar ning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining „boshlang‘ich“ nuqtasini aniqlash aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fi krlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Siz banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi bir fi krlar to‘g‘risida tushunchaga egasiz. Bank ishi rivojlanishini bankning alohida operatsiyalari miqyosida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bank ishining tarixiy rivojlanishi quyidagicha borganini ko‘rishimiz mumkin:
1-chizma

Banklar faoliyatining eng „qadimgi“ operatsiyalaridan biri, pullarni saqlab berish operatsiyasi hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan obro‘ va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Yevropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfi ya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida bank muassasalari bo‘lib ham xizmat qilgan. O‘sha qadimgi davrlardan boshlab, qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga oid mavjud adabiyotlarda banklar paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich bosqichi birinchidan pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan pul mablag‘larini almashtirib be rishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Pul ayirboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunga Yevropani yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega bo‘lgan. Tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ke tayotgan joylarda ish olib borishgan. Shu bois, „bank“ so‘zi italyancha „banco“ – „ayirboshlovchining oldidagi stol“ degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, Sharqda amalga oshirilar edi.
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yig‘ilgan boyliklar – pullar samarasiz, harakatsiz yotmasligi uchun mavjud mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. Shunday qilib, pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari bilan garov asosida beriladigan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov sifatida uylar, kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan.


Yüklə 288,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin