1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə1/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
642-qonun(1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNI

AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan


Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik

(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.



(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek mazkur Qonunning 17-bobiga muvofiq mehnat faoliyatiga jalb etiladigan chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin