Mavzu: Buralish deformatsiyasi.To‘g‘ri to‘rtburchak sterjenlarning buralishi.Yupqa devorli sterjenlarning erkin va erkin bo‘lmagan buralishi.Buralishda kuchlangaglik va deformatsiya holatlarining tahlili.
REJA:
1.Buralish
deformatsiyasi, burovchi moment epyurasi.
2.Buralish burchagi haqida tuchuncha.
3.Buralishdagi mustahkamlik va bikrlik shartlari.
Sterjenning ko’ndalang kesimi yuzalarida faqat burovchi momentlargina hosil bo’ladigan deformatsiyalanish holatiga buralish deformatsiyasi deyiladi. Buralish deformatsiyasi amalda juda ko’p uchraydi. Masalan: mashina detallari, inshoot elementlari, vagonlarning o’qlari,
tirsakli vallar, fazoviy konstruktsiya elementlari, prujinalarning o’ramlari, boltlar va shunga o’xshashlar buralish deformatsiyasiga qarshilik ko’rsatadi(1-rasm). Mashina va inshoot elementlari buralishga ishlashi bilan birga ayrim hollarda egilish yoki siqilishga ham ishlaydi. Ko’ndalang kesim yuzasi turlicha bo’lgan buralishga ishlaydigan sterjenlar ichida texnikada ko’p uchraydigan doiraviy va xalqasimon ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan sterjenlar muhim o’rinni egallaydi. Bir uchi bilan mahkamlangan tsilindrik sterjenning, ikkinchi uchining ko’ndalang kesimiga juft kuch ta’sir
ettirilsa, sterjenninng erkin ko’ndalang kesimi mahkamlangan kesimga nisbatan aylanib natijada sterjen buraladi. Sterjenning ko’ndalang kesimiga qo’yilgan juft kuch momenti burovchi moment deyiladi va Т bilan belgilanadi (1- rasm).
1-rasm. Buralish deformatsiyasi.
2-rasm. Burovchi moment epyurasi.
6 – rasm.Kesimlarda urinma kuchlanishning o’zgarishi.
Urinma kuchlanishni ko’ndalang kesim yuza bo’yicha o’zgarish qonuni ya’ni epyurasi 5 - rasmda ko’rsatilgan. Doiraviy kesimli sterjenning og’irlik markazida urinma kuchlanish 0 ga teng bo’lib uning chetida (konturida) maksimal qiymatga erishadi.
Agar burovchi moment va sterjen bikrligi o’zgarmas bo’lsa, kesimning buralish burchagi quyidagicha topiladi:
Bu formuladan ko’rinadiki, sterjenning buralish burchagi uning mahkamlangan kesimidan olingan masofaga proportsianal ravishda, ya’ni chiziqli qonun asosida o’zgaradi. Eng katta burilish burchagi sterjenning erkin uchida hosil bo’lib, ushbu formula yordamida topiladi:
bunda []-sterjenning birlik uzunligiga to’g’ri kelgan ruxsat etilgan buralish burchagi, radianda o’lchanadi.