1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə1/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org


1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


  1. 1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

Ma'lumki, barcha mamlakatlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritish maqsadida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh da mamlakatda barcha kompaniyalar uchun qo‘llanilishi zarur bo‘lgan “Buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan qoidalari” (GAAP) qabul qilingan bo‘lsa, Germaniya, Fransiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda bir necha qonun hujjatlari asosida buxgalteriya hisobi tartibga solinadi. Jumladan, respublikamizda 1996 yildan beri “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun va 24 ta milliy standartlar amal qilib turibdi. Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:1-davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonnni yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.2-davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi) Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muamola vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi3-davr. Ikki yoqlama yozuv davri. (Ushbu davr 1300-1850 yillarni qamrab oladi.) Bu davrda xo‘jalik jarayonlarining ommalashuvi, murakkablashuviga mos ravishda oddiy yozuvdan ikki yoqlama yozuvga o‘tish zaruriyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.4-davr. Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900 yillar oralig‘ini egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaryonlariga huquqiy maqom shakllandi. Natijada jaryonga ham iqtisodiy jihatdan, ham huquqiy jihatdan yondashuvlar belgilandi. Schyotlar rejasining differentsiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat qaratildi, balans, foyda, tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari shakllandi.5-davr. Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi). Bu davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash, xarajatlarning jadalligi bilan ajralib turadi. Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va to‘liq tannarxini aniqlash, smeta qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost usullari, to‘g‘ri va egri xarajatlar ushbu davrning eng muammoli masalasiga aylangan.6-davr. Hozirgi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950 yildan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlarning qabul qilinishi bilan xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos revolyutsiya davri bo‘ldi deyish mumkin.



Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin