1. Deviant xulq – atvorning sotsiologik nazariyalari Deviant so‘zi



Yüklə 33,37 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü33,37 Kb.
#42343
  1   2   3   4   5   6
15-маъруза матни


17-mavzu: Deviant xulq-atvor sabablari va deviant xulq-atvorga bo‘lgan asosiy yondashuvlari(2 soat ma’ruza, 2 soat seminar).

Reja

1.Deviant xulq – atvorning sotsiologik nazariyalari

2.Deviant xulq – atvor shakllari
1.Deviant xulq – atvorning sotsiologik nazariyalari

1. Deviant so‘zi - lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy xodisadir.

Ma’lumki, zamonaviy G‘arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko‘p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo‘lish turi jinoyatchilik bo‘lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o‘rganuvchi ta’limotlar paydo bo‘la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug‘ma bo‘lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko‘rsatadi. Keyinchalik ushbu ta’limotlar turli tanqidlarga uchragan bo‘lsada, hozirgi kungacha ham G‘arb sotsiologiyasining ba’zi namoyondalari ushbu ta’limotning u yoki bu yo‘nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta’limotlariga ko‘ra ichki sekresiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug‘ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta’sir qiladi

Ushbu ta’limotlarga qarama-qarshi o‘laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzish jarayonlarini to‘la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasi edi. Bunga ko‘ra eski me’yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o‘rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.




Yüklə 33,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin