Botanika Test.
1.Doim yashil o’simliklarni ko’rsating. A)Archa ligistrum B)Qayrag’och nastarin C)Nastarin ligustrum D)Shamshod qarag’ay
2.Tokning vegetative ko’payish usullarini ko’rsating. A)Ildiz bachkisi Parxish B)Qalamchasi parxish C)Qalamchasi jingalagi D)Ildiz bachkisi Parxish.
3.Tanasini ko’p qismi yoki butunlay suvda o’sadigan o’simliklar berilgan javobni tanlang. A)Elodeya suv qaroqchisi B) Qamish Qo’g’a ro’vak C)Elodeya suv nilufari D)Karam sebarga bug’doy.
4.Barglarda hosil bo’ladigan shakar qaysi moddalar hosil bo’lishi sarflanib ketadi.
A)Oqsil moy vitamin B)Kraxmal klechatka C)Kraxmal klechatka oqsil moy vitamin shaker D)mikroelementlar mineral tuzlar.
5. O’g’itlar to’g’risida berilgan fikrlardan to’g’risini tanlang.
A)Azotli o’g’itlar o’simlikdan mo’l hosil olishda foydalaniladi.
B)O’gitlar tarkibida makroelement va mineral tuzlar bo’ladi.
C)Fosforli va kaliyli o’g’itlar o’simlikni tez pishib yetilishiga imkon yaratadi.
D)Organik og;itlar azotli fosforli va kaliyli bo’ladi.
6.Xato fikrni toping.
A)Rangli suvga bargli novda solsak, 2 3 soatdan keyin uni yog’ochlik qismi bo’yalganini ko’rish mumkin.
B)Organik moddalar tirik hujayralar orqali harakatlanadi.
C)Shakar bargni o’zida kraxmalga aylanadi.
D)G’o’za o’simligi bir yoz davomida 500-600 litr suv buglatadi.
7.Suvga nisbatan ekologik guruhi olma bilan bir xil bo’lgan o’troq gulli, oddiy to’pgulli o’simliklar berilgan javobni tanlang.
A) bug’doy makkajo’xori sebarga B)Sebarga C)Makkajo’xori bug’doy D)karam makkajo’xori bu’doy sebarga.
8.Xato fikrni toping.
A)Qora bo’yalishning bargi mayda bo’laklarga bo’lingan bo’ladi.
B)Teresken sarsazan kaktus agava kabi o’simliklar suv tanqisligiga moslashgan.
C)Transpiratsiya tufayli ildizdan suv va mineral moddalarni so’rilishi tezlashadi.
D)30-40 yillik qizilmiya 500-600 litr suv bug’latishi aniqlangan.
9.Barglarini erta to’kadigan yogo’chligi qattiq o’simliklarni belgilang.
A)Zarang B)terak jiyda C) jiyda yong’oq D) terak bodom
10.O’simliklarning vegetative ko’payishi noto’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
A)Tradeskansiya va tol novdasidan ko’payadi.
B)Binafsha bargidan ko’payadi
C)Nargis piyozboshidan ko’payadi.
D)Kartoshka batat shirinmiya tugunagi yordamida kopayadi.
11.Ildizdagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’ladigan o’simliklarni belgilang.
A)tok terak qoraqat na’matak B)Olvoli shirinmiya nastarin na’matak
C)malina tok terak anor jiyda D)Tok tol atirgul qoraqat
12.Oldin gullab keyin barg chiqaradigan o’simliklarni belgilang.
A)Bug’doy arpa sholi suli B)Tol terak yong’oq bug’doy arpa suli
C)bodom o’rik tol terak D)makkajo’xori bug’doy bodom o’rik shaftoli
13.Xato fikrni toping.
A)Bug’doyning chanchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi
B)beda go’za oqquqayning gullari o’zidan shirin hid tarqatib hashorotlarni o’ziga jalb qiladi.
C)O’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarda changchi urug’chiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D)Sun’iy changlanish hosildorlikni oshirish va asosan yangi novlarni hosil qilishda foydalanadi.
14.Qo’sh urug’lanish jarayoni uchun xos bo’lgan javobni tanlang.
A)Urug’langan tuxum hujayradan murtak, markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi.
B)Agar go’za 4 urug’li bo’lsa uni hosil qilish uchun 4 ta chang naychasi qatnashadi.
C)Agar tugunchada bitta urug’kurtak bo’lsa bir urug’li meva rivojlanadi.
D)Chang donasi 2 ga bo’linib yirik vegetative va mayda 2ta sperma hosil qiladi.
15.Fotosintez qilmaydigan o’simliklarni tanlang.
A)Shumg’iya devpechak rafflazeyiza B)Qo’ypechak zarpechak devpechak
C)Zarpechak zubturum qo’ypechak D)Raffleziya kaktus saksovul.
16.Meva va urug’larning tarqalishi o’simliklarning nimasiga bog’liq.
A)Ularning ichki tuzilishi va turiga bog’liq B)Ularning sistematikasiga bog’liq
C)Uning tashqi tuzilishiga bogliq. D)ularning mevasini o’lchamiga bog’liq.
17.Avtoxo’r bo’lmagan osimliklarni belgilang.
A)No’xat mosh loviya oq akatsiya B)Bug’doy makkajo’xori arpa suli
C)Itqovun xina yorongul D)Karam qurttana rediska turp
18.Qanotchali mevalarni tanlang.
A)Cherkez rovoch jud boyalish B)tol terak qoqio’t qo’g’a
C)Saksovul qayrag’och tol terak D)Qoqio’t qo’g’a zarang cherkez
19.Meva va urug’si suvda tarqaladigan o’simliklar uchun xos bo’lamagan javobni tanlang.
A)Bularning mevalar suv o’tkazmaydigan qobiqqa ega B)Ayrim parazit o’simliklar mevalarini suvda tarqatadi.
C)Qo’ypechak zarpechak machinlar mevasini suvda tarqatadi D)Kurmak nilufar g’umay kabi o’simliklar kiradi.
20.Mevasini shamol yordamida tarqatadigan yog’ochligi qattiq o’simliklarni belgilang.
A)terak tol shumtol jiyda B)Qayrag’och zarang shumtol C)Saksovul jiyda zarang D)saksovul zarang qayrag’och.
21.5 gradusda unib chiqadigan o’simliklarni belgilang.
A)Bug’doy B)Karam sholg’om sabzi C)No’xat rediska D)Beda javdar.
22.Xato fikrni toping.
A)Urug’pallabarglar fotosintez qilmaydi. B)Danagi qattiq mevalar kuzda ekiladi.
C)Organlar o’rtasidagi bo’g’liklikni ildiz va barga misolida ko’ramiz D)Dorivor o’simliklarni 1500 dan ortiq turi bor.
23.Qaysi abiotik omil tranpiratsiyani tezlashtiradi.
A)Shamol B)Yorug’lik C)Havo D)Tuproq
24.Xato jumlani toping.
A)O’simliklarda bir holatdan ikkinchi holatga o’tishida ildiz va barg misolida ko’rishimiz mumkin.
B)Suv oqimi bilan ozuqa moddalarning harakati ta’minlanadi.
C)Saksavul ildizlari 0,5-1 m li gips qatlamlarini teshib o’tadi.
D)Dukkakli o’simliklar ildizdagi tugunak bakteriyalar tuproqni azot bilan boyitadi.
25.Xato fikrni toping.
A)Iskana payvandda qalamchalar payvandtagga yog’ochligi yog’ochligi tegadigan qilib birlashtiriladi.
B)Yozda jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o’simlik tupi rivojlanadi
C)Vegetativ ko’payish yaxshi sifatli navlarni saqlab qolish maqsadida olib boriladi
D)Kurtak payvand august oyida olib boriladi.
26.5 ta 4 urug’li meva hosil bo’lishida qatnashgan hujayralar soni to’g’ri ko’rsatilgan javobni tanlang.
A)4 ta vegetative hujayra va 8 ta sperma B)20ta chang naychasi va 40 ta sperma
C)5 ta changdonasi 10 ta generative hujayra D)20 ta chang naychasi 40 ta generativ hujayra.
27.Xato fikrni toping.
A)Yeryong’oq mag’zida moy toplanadi.
B)Oziq moddalar urug’palla va endospermda to’planadi
C)Shaftoli mevasida zaharli modda saqlanadi.
D)G’o’za chigiti qalin yo’g’ochsimon qobiq bilan o’ralgan. 28.Bug’doy o’simligi uchun xos bo’lmagan javobni tanlang.
A)urug’ida 2 ta qobiq bo’lib tashqisi meva qobig’I ichkisi urug’ po’sti
B)Bug’doy 3 gradusda unadi
C)Mevasi bir urug’li bo’ladi
D)bir urug’palli o’simlik bo’lib yer yuziga bitta barg bilan chiqadi.
29.Oddiy boshoqlardan yig’indisidan tashkil topgan murakkab shingilli to’pgulga ega bo’lmagan o’simlikni tanlang.
A)Makkajo’xorini urug’chili gullari B)Sholi C)Suli D)Makkajo’xorini chanchili gullari.
30.Gulqo’rg’on bo’laklari qoshilgan, guli qiyshiq, bargi poyada qarama-qarshi joylashgan dori tayyorlanadigan o’simlik qaysi o’simlik.
A)Zubturum B)Marmarak C)Na’matak D)Nastarin.
Dostları ilə paylaş: |