1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 40,9 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü40,9 Kb.
#57387
52 01.03.2011




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

XALQ TA’LIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik va tashkiliy jihatdan ta’minlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



Oldingi tahrirga qarang.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Quyidagilar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini metodik ta’minlashni tashkil etish, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etish;

ta’lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va jihozlardan samarali foydalanilishini ta’minlash;

o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish.

Oldingi tahrirga qarang.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2011-yil 1-mart,

52-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 801-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son qaroriga


ILOVA

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari lavozim maoshlari

MIQDORLARI

(so‘m)

T/r

Lavozimlar nomi

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari

shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlari

shahar tumanlari

viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

I guruh

II guruh

I guruh

II guruh

1.

Bo‘lim mudiri

485 140

456 195

456 195

427 696

456 195

2.

Mudir o‘rinbosari — guruh rahbari

372 789

346 155

372 789

346 155

346 155

3.

Sho‘ba mudiri

372 789

346 155

372 789

346 155

346 155

4.

Ta’lim muassasalari faoliyatini va o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar

354 150

328 848

354 150

328 848

328 848

5.

Ta’lim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanganligi masalalari bo‘yicha mutaxassis (muhandis)

346 155

319 598

346 155

319 598

319 598

6.

Buxgalter

248 526

230 770

248 526

230 770

230 770

7.

Iqtisodchi

230 770

213 065

230 770

213 065

213 065

8.

Kadrlar bo‘yicha inspektor

230 770

213 065

230 770

213 065

213 065

Izoh: metodik ta’minlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va davlat ta’lim standartlariga rioya etish monitoringi guruhlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 91-modda; 2017-y., 32-son, 801-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)

Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin