1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalariga zamonaviy yondoshish. Jismoniy tarbiya vositalari



Yüklə 253,69 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü253,69 Kb.
#185925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalarig


Mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining predmetini tasniflash
Reja:
Kirish
1..Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalariga zamonaviy yondoshish.
2.Jismoniy tarbiya vositalari.
3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va predmetlari
Tayanch iboralar: jismoniy tarbiya, sport, mashg’ulot, musobaqa, harakat, faoliyat, tizim, mashg’ulot, nazariya, sportning funksiyalari.

Kirish
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy atama va tushunchalariga zamonaviyyondoshish.


U yoki bu kasb egalari o’zaro muloqot davomida o’z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalaniladilar. Fanning ma’lum sohasini o’rganish va uni o’zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmunida yotadi.
Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining ko’pdan-ko’p ayrim hodisalari va masalalarini to’g’ri tushunib olish kiyinlashadi, jismoniy madaniyat nazariyasini o’rgatadigan fanni muvaffaqiyatli egallab bo’lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasida qo’llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat tizimi, jismoniy bilimlar, jismoniy kamolot (jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar, prinsiplar, va boshqa tushunchalar darslikning lozim bo’lgan boshqa bo’limlarida ko’rib chiqiladi) va x.k. Nima uchun yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, sport, tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to’g’ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o’z axamiyati jixatidan birdek muximdir, bular to’g’risida darslikning tegishli boblarida gap ketadi. Bu yerda bo’lsa jismoniy madaniyatning asosiy, eng muxim sifatlari umumlashtirilib, ko’rsatilgan tushunchalargina olingan xolos.
Jismoniy rivojlanish - bu, inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashqi ko’rinishi va xizmatining o’zgarish jarayonidir.
Rivojlanish davrini uch fazaga ajratish mumkin: uning yukori darajasi, nisbatan stabillashgan (barkarorlik) va inson jismoniy imqon iyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning obyektiv qon unlariga - organizm va uning yashash sharoitlari birligi qonuniga, xizmat va tuzilish (struktura) o’zgarishlarning bir-birini takozo etish qon uniga, organizmda asta-sekin mikdor va sifat o’zgarishlari qon uniga va boshka qon unlarga bo’ysunadi. Boshkacha aytganda, jismoniy rivojlanish obyektiv va biologik qon uniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muhimi, muxit va organizm rivojlanishining bir butunligi qon unidir.

Yukoridagilarni o’quvchilarga qo’llaganimizda, o’qish sharoiti, mexnat va mustakil ishlash, dam olishni xisobga olishga tug’ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Nasldan-naslga o’tadigan tabiiy xayotiy kuchlar, jismoniy kobiliyatlar xam jismoniy rivojlanishning muxim zamini ekanligi, shuning uchun xam yukori natijalarga erishish xar kaysi o’quvchi uchun nasib bo’lmasligini, ammo xar kanday o’quvchi o’z organizmining jismoniy rivojlanishiga vijdonan, sistemali, maqsadga muvofik ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orkali ijobiy ta’sir eta olishligini e’tirof etishimiz lozim.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to’g’ri keladi va butun maktab yoshidagilik davrida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu odam tanasi va uning a’zolarini o’lchash orqali mutaxasisning o’zini, unda shug’ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi xaqidagi antropometrik ma’lumotlardir.
Jismoniy rivojlanishning yo’nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o’zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va madaniyatiga ko’p jixatdan bog’likdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy madaniyat maqsadlarida foydalanish-jismoniy madaniyat nazariyasi va praktikasining muxim vazifasidir.
Shunday qilib, kishilarni ijtimoiy sharoitlari jismoniy rivojlanishida xal qiluvchi axamiyatga egadir. Bular orasida mexnat bilan madaniyat, chunonchi jismoniy madaniyat muxim rol o’ynaydi.
Jismoniy madaniyat. Madaniyat deganda, ma’lum maqsadni mo’ljallab insonga ta’sir etmoqlik va uning qobiliyatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy - siyosiy va axloqiy - estetik ideallarda, madaniyatlangandagidek yuksak orzularga erishish jarayoni tushuniladi.

Yüklə 253,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin