1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari. Korxonani tashkil etish



Yüklə 94,08 Kb.
səhifə1/6
tarix25.04.2023
ölçüsü94,08 Kb.
#102495
  1   2   3   4   5   6
Lecture 2



2-modul. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish.
Module 2. Organizing the production process.





O’quv rejasi:




1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari.
2. Korxonani tashkil etish.
3. Korxona tushunchasi va ishlab chiqarish strukturasi.
4. Korxonaning ishlab chiqarish strukturasini tuzishni
tashkiliy turlari.




1. Korxona tushunchasi, turlari va vazifalari
Huquqiy shaxs mavqeiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Korxona o‘z faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishadi. Har bir korxonada o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat, moliyaviy, energetik va boshqa zaruriy resurslar mavjud bo‘lib, korxona ularga egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli bo‘lgan qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega.
Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi aholini turli xalq iste’moli mollariga, maishiy va madaniy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish korxonasini xarakterlovchi asosiy belgilari uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, ishlab chiqarishning texnikaviy birligi va korxonaning iqtisodiy birligidir. Korxonaning ishlab chiqarish texnikaviy birligi deb, uning barcha tarkibiy qismlarining bir-biri bilan ishlab chiqarish jarayonlarida ma’lum ketma-ketligda bajarilishiga ko‘ra bog‘langanligi va bir-birini o‘zaro ta’minlashiga aytiladi. Har bir korxona bir qator tarkibiy qismlar (sex, uchastka)dan iborat. Har bir qism (sex, uchastka) xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayonining ma’lum vazifalarini bajaradi. Ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini sifatli bajarishga qaratilgandir.
Korxonaning iqtisodiy birligi deganda, uni tashkil qiluvchi barcha tarkibiy qismlari korxonaning markazlashgan omboridan sexlarga reja asosida materiallar yetkazib berishni ta’minlashi tushuniladi.
Har qanday korxonaning maqsadi uning faoliyati asosida avvaldan o‘ylangan pirovard natijaga erishishdir. Korxona o‘z oldiga ongli ravishda maqsad qo‘yib, fikriy model yarata oladi va obyektiv sharoitlarni hisobga oladi.
Korxonalar o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajaradilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu vazifalar:

  • iste’molchilarning o‘sib kelayotgan talablariga muvofiq yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish;

  • mehnat unumdorligini uzluksiz ravishda oshirib borish;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish;

  • rejada belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va yuqori darajada bajarish;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unumli foydalanish;

  • aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash;

  • xom ashyo, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish;

  • muntazam ravishda mahsulot tannarxini pasaytirib, korxona rentabelligini oshirishdan iborat;

O‘zbekiston Respublikasida, Mulkchilik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 1990 yil 31 oktabr №152 - XII sonli qonuni hamda 1993 yil 7 maydagi №851 - XII; 1994 yil 23 sentabrdagi 22-XII; 1995 yil 6 maydagi 70-1; 1996 27 dekabrdagi 357-1 son qonunlariga binoan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarda belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar respublikamiz qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tashkil qilinishi va o‘z faoliyatini olib borishi mumkin.
1. Jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan:

  • Jamoa, shirkat mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari;

  • Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga qarashli korxonalar;

  • Jamoa tashkilotlarining korxonalari;

  • Diniy tashkilotlarning korxonalari va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar.

2. Davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonasi: viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaharlararo, shahar, davlat korxonasi va davlat korxonalarining boshqa turlari;
3. Mulkchilikning aralash shakliga asoslangan davlatlararo, qo‘shma va turli mulk shakllarining to‘liq yoki ulushli ishtirok etishiga asoslangan boshqa korxonalar.

Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin. Bunday korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solib turiladi.


Korxonalar o‘z huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarini ifoda etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: assotsiatsiya, konsern va boshqalarga uyushishlari mumkin.
Assotsiatsiya - o‘z ixtiyori bilan birlashgan qo‘shma korxona bo‘lib, uning asosiy vazifasi xo‘jalik faoliyatini birgalikda va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida amalga oshirishdir. Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lganlar o‘zining asosiy va aylanma fondlari, pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlari bilan o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.
Assotsiatsiyaning nizomi-uning ta’sis hujjati bo‘lib hisoblanadi. Assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi turli konsern sohalararo davlat birlashmasi, xo‘jalik assotsiatsiyasi, davlat konsorsiumlar assotsiatsiya rahbarlari organlarining joylashgan o‘rni, ularning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, a’zolik tamoyillari va boshqalar ko‘rsatilgan assotsiatsiya nizomi mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida korxonalar o‘z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq konsernlariga birlashtiriladi. Bu nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qoladi, balki uning rivojlanishiga yangi turtki berish uchun ham imkoniyat tug‘diradi.
Korxonalarning iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari davlat konsernlari tarmoq uyushmalariga aylantiriladi. Ularning boshqaruv apparatlari esa, o‘z tarkibidagi birlashmalar va korxonalarning ixtiyoriy ravishda bergan puli hisobidan ta’minlanadi.
Korxona va tashkilotlar qaysi idoraga bo‘sunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o‘z iqtisodiy manfaatlarini rag‘batlantirish maqsadida konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda kiradi. Ular o‘z faoliyatini pay va kirish badallari, ishtirokchilarning aksiyalar to‘plamini sotib olish asosida yo‘lga qo‘yadi.
Bozor munosabatlari davrida uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa uyushmalarning asosiy vazifasi respublika xalq xo‘jaligini ishlab chiqarilayotgan mahsulotning aniq turlari bilan ta’minlash, yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlar holatini o‘rganish, tarmoqda bozor munosabatlarini rivojlantirishdir. Shuningdek, «Konsern, korporatsiya va boshqa uyushmalarning vazifasi, - deb yozadi I.A.Karimov, davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini nodavlat mulkiga aylantirish ishlarini tashkil etish, tadbirkorlikning rivojlanishini butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlashdan iborat». Bulardan tashqari xo‘jalik birlashmalari o‘z muassasalarini huquqiy himoya qilishni ta’minlaydi, davlat, mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalaydi, tarmoqni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.
2 . Korxonani tashkil etish
Korxonani tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonun va uning asosida chiqariladigan boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxonani tashkil etishning umumiy shartlari shulardan iboratki, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, shuningdek ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etiladi.
Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini olib borish uchun yer uchastkalari, tabiiy resurslardan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat hokimiyat idoralari (shahar, tuman, tuman arxitektura bo‘limlari)dan, tabiatdan foydalanuvchi tegishli tashkilot tomonidan ekologiya ekspertizasi xulosasi asosida foydalanishga ruxsatnoma olinadi. Shuningdek, korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan mehnat jamoasi tashabbusi bilan bir necha tarkibiy bo‘linmalarga ajratish yo‘li bilan ham tashkil qilinishi mumkin.
Korxona O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona joylashgan joydagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan eng asosiysi korxona nizomidir. Qonunda taqiqlanmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi har qanday korxona nizom asosida ish olib boradi. Nizom korxonaning ta’sis etuvchilari tomonidan ta’sis yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Korxona nizomida korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi, faoliyati, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilab qo‘yiladi. Korxona nizomi tarkibi 1 –rasmda kerltirilgasn.




Yüklə 94,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin